Keldi muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Keldi muhammad, Sulton Muhammad (?— 1532/33) — shayboniylardan. Shohruhiya sh. va viloyat hokimi(taxminan 1517y.dan). Otasi Suyunchxoʻjaxon vafot etgach, Toshkent sh. va viloyat hokimi. Shayboniyxon davrida tarxonlikka koʻtarilgan. Shayboniylarning Shim.ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan, natijada Sirdaryo boʻyidagi bir qancha mulklarni qoʻlga kiritgan. Shayboniy sultonlarning Xurosonga yurishi payti (1528—29)da Marvni egallagan.

K.M. sheʼriyat, ilm-fanga qiziqqan. Saroyida adabiy bahslar uyushtirgan. Zamonasining yetuk adiblari bilan suhbat qurishni yoqtirgan, xususan, 1518 y. u mashhur adib Zayniddin Vosifiyni Samarqanddan oʻz huzuriga (Shohruhiyaga) chaqirtirib olgan. K.M.ning topshirigʻi bilan saroy tarixchisi Abdulloh Nasrullohiy "Zubdat ul-osor" asarini yozgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Vosifiy Zayniddin, Batsoyeʼ ul-vaqoyeʼ (Nodir voqealar), [tarjimon N.Norqulov], T., 1979; Axmedov B.A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv.,] Pismennie pamyatniki], T., 1985.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil