Koʻkshetau

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kekšetaudan yoʻnaltirildi)
Koʻkshetau
qoz. Көкшетау
Abilay Xon maydoni
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
53°17′30″N 69°23′30″E / 53.29167°N 69.39167°E / 53.29167; 69.39167 G OKoordinatalari: 53°17′30″N 69°23′30″E / 53.29167°N 69.39167°E / 53.29167; 69.39167 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Akmola viloyati
Hukumat
 • Akim Jarqin Jumagʻulov[1]
Asos solingan 1824
Qachondan beri shahar 1862
Maydon 347 km2 (134 mi²)
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2013)
153,057[2]
Milliy tarkib qozoqlar 51,31 %
ruslar 33,20 %
ukrainlar 4,57 %
tatarlar 2,79 %
olmonlar 1,84 %
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7162[3]
Pochta indeks(lar)i 020000[4]
Avtomobil kodi C, 03
Koʻkshetau qoz. Көкшетау Abilay Xon maydoni xaritada
Koʻkshetau qoz. Көкшетау Abilay Xon maydoni
Koʻkshetau
qoz. Көкшетау
Abilay Xon maydoni

Koʻkshetau — (qozoqcha: Көкшетау) Qozogʻiston Respublikasi. Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1862-yildan), Koʻkshetau togʻlarining shimoliy chekkasida Temir yoʻl tuguni. Aholisi 153,057 kishi (2013). Koʻkshetau mashinasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatlari markazlaridan biri. Har xil tarozilar ishlab chiqaradigan mexaniqa zavodi, kislorodli nafas olish apparatlari, avtomobil tuzatish zavodlari, kimyo kombinati, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, pedagogika instituti, teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi bor. Koʻkshetauga 1824-yil asos solingan.[5]

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Oqmoʻla viloyatining shimoli va unga chegaradosh Shimoliy Qozogʻiston viloyatining ayrim tumanlarini oʻz ichiga oladi. Markazida Koʻkshtov qir-adirlari joylashgan. Shunda sharqdan gʻarbga tomon Koʻkcha, Jaqsi Jalgʻiztov, Jaman Jalgʻiztov, Imantov, Jilandi, Sandiqtov, Ulkentukti, Buqpa, Qoʻshqarbay, Zerendi tagʻlari, Ayirtov, Sirimbet togʻlari va Shortandi, Burkitti asui, Ulken Shaqti, Kishi Shabaqti,Burabay, Aynakoʻl, Aydaboʻl, Zerendi, Qoʻpa, Atansoʻr, Maylisoʻr, Mamay, Saumalkoʻl, Shalqar, Ulken Qoʻskoʻl, Kishi Qoʻskoʻl, Joʻldibay, Qalmaqkoʻl, Shagʻalaliteniz, Siletiteniz, Teke, Ulken Qaraoʻy, Kishi Qaraoʻy, Qalibek v.h. koʻllar joylashgan. Qir-adirlarning gʻarb tomonidan Yesil daryosi oqib oʻtadi. Koʻplaganb kichkina daryolar bahorda meyoridan oshgani bilan, yozda suvi kamayib, koʻpchiligining anhorlari qurub qoladi. Qishda kun sovuq, yanvar oyidagi yillik oʻrtacha harorati −16 — 19 °C, iyulda 19 — 20 °C. Yillik yogʻingarchilikning miqdori 230–400 mm.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar aholisining soni 153,057 kishi (2013). Aholisi koʻp millatli hisoblanadi.

Milliy tarkibi, % 1989-yilgi sanoq 1999-yilgi sanoq 2007-yilgi sanoq 2009-yilgi sanoq
Qozoqlar 18,5 36,0 49,0 51,3
Ruslar  —  — 35,0 33,2
Boshqalar  —  — 16,0 15,5

[6]

Aholining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yilgi):

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻkshetov ponaramasi (Avgust 2012-yil)

Koʻkshetov shahrining iqlimi keskin kontinent, yozi iliq, qishi uzoq va ayoz boʻladi. Yillik oʻrtacha harorati 0 °C darjasida. Yillik yogʻingarchilikning miqdori 300–350 mm. Yogʻingarchilillar asosan yoz oylarida boʻladi.

Sanoat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻkshetau shahrida oziq ovqat va engil sanoat korxonalari, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo sanoati, karton va qogʻoz ishlab chiqarish, issiqlik, elektr energiyasini, gaz va suv tarqatish mahkamalari faoliyat yuritmoqda. Koʻkshetau shahridagi yirik korxonalari: oltin qazib oladigan „Vasilkov oltin“ jamoat birodorligi, kislorod nafas olish apparati, vazn oʻlchash texnikasi, aviatsiya texnikasi agregatlarini ishlab chiqaradigan „Tinis“ aksionerlіk jamoati, Shaharda 4,5 ming kichik korxonalar bor. Kichik biznes 19,5 ming kishini ish bilan taʼminlagan (2001 y.).

Telekommunikatsiya tarmogʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻkshetovning telekommunikatsiyalik tarmogʻining asosini umumiy xotirasi 30-ming raqamli ATS-lar tashkil qiladi.

Tibbiy yordam koʻrsatish mahkamalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahardagi tibbiy yordam koʻrsatish mahkamalarining umumiy soni 34. 17 ta kasalxona va shifoxana mahkamalari, 13 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, tez yordam stansiyasi faoliyat yuritadi. Nodavlat tibbiy 1 shifoxona, 1 kasalxona, 48 dorixona bor.

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bilim sohasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bilim sohasida Koʻkshetau davlat universiteti, Koʻkshetau texnik universiteti, Koʻkshetov iqtisoq va menejment instituti, 13 maxsus oʻquv joylari beshtasi davlat kolledj, umumiy bilim beruvchi maktablar soni 23 ta.

A.
Burabay ko'li.

Hordiq chiqarish maskanlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻkshetau milliy parki, „Burabay“ kurorti, „Oqjetpes“, „Shuchinsk“ sanatoriyalarі, „Jeke Batir“, „Goluboy Zaliv“, v.h. hordiq uylari, oʻquvchilar lagerlari joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Жумагулов стал новым акимом Кокшетау“ (ru). Total.kz (2013-yil 29-avgust). Qaraldi: 2013-yil 29-avgust.
  2. Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-26
  3. „Телефонные коды“. 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-noyabr.
  4. „Почтовые индексы Казахстана“. 2013-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-noyabr.
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  6. Chislennost i natsionalniy sostav naseleniya " Portal goroda Kokshetau, 2014-02-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-30