Keira Walsh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Keira Walsh
Keira_Walsh_20181009_01
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Keira Fae Walsh[1]
Tavallud sanasi 8-aprel 1997-yil (1997-04-08) (26 yosh)
Tavallud joyi Rochdale, Angliya Angliya
Boʻyi 167 sm
Ampluasi Yarim Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester City
Raqami 24

Keira Fae Walsh (1997-yil 8-aprelda tugʻilgan[2], Rochdale, Shimoliy Gʻarbiy Angliya) — ingliz futbolchisi, «Manchester Siti» va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keira Walsh 1997-yil 8-aprelda Buyuk Manchester, Angliyaning Rochdale shahrida tugʻilgan. Besh yoshida u otasi bilan futbol oʻynay boshlagan[3]. 11 yoshidan boshlab u Kingsway Park High Schooldagi FA Tesco Skills Centerga qatnay boshladi, u yerda Kira Blekbern Rovers markazida sinab koʻrish uchun taklif qilinmaguncha oʻzining futbol mahoratini rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻldi[4].

Blekbern Rovers bitiruvchisi, 2014-yil fevral oyida asosiy jamoada debyut qilishdan oldin oʻsmirlar jamoalarida olti mavsum oʻynagan[5]. U Ayollar Premer-ligasining Shimoliy oʻyinida «Sheffild»ga qarshi debyut qildi, u oʻyinda «Blekbern Rovers»ga 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan[6]. U[7] ga koʻchib oʻtgunga qadar asosiy jamoa tarkibida oʻnta oʻyinda maydonga tushib, uchta gol urdi[8].

Keiraning bolalikdagi sevimli oʻyinchilari Nikolas Anelka va Shon Gouter edi[9].

Klubdagi karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliya «Manchester City»(2014-hozirga qadar)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keira Manchester City safida

Wlsh 2014-yilning 17-iyulida «shaharliklar» safida ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazdi va «Nots Kaunti»ga qarshi oʻyinning 86-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi«https://www.mancity.com/news/mcwfc/women's-match-report/2014/july/mcwfc-v-notts-county-ladies-17-july-2014»[sayt ishlamaydi]. 2014-yil oxirida u «City»ning asosiy oʻyinchisiga aylandi va Angliya Liga kubogini yutishda muhim rol oʻynadi[10].

2015-yil iyun oyida Keira «Manchester City» bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi[11]. Futbolchi 2015-yilgi mavsumni Premer-ligada ikkinchi oʻrinda yakunladi[12], bu esa «City»ning 2016/2017-yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishini kafolatladi. Natijada «Manchester City» yevrokuboklardagi debyut mavsumini 1/2 final bosqichida yakunladi va umumiy hisobda Fransiyaning «Lion»iga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi[13]. 2016-yil 9-noyabr kuni u Chempionlar ligasi 2016/2017-yilgi mavsum 1/16 final bosqichida oʻz uyida Daniyaning «Brøndby» jamoasiga qarshi oʻyinda «shaharliklar» uchun birinchi golini urdi[14].

2016-yilgi mavsumda u Angliya chempionati gʻolibi unvonini qoʻlga kiritdi[15], shu bilan birga u Angliya Liga kubogini qoʻlga kiritdi, final oʻyinida «Manchester City» Birmingem Siti ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[16]. 2016-yilning noyabrida u Manchester klubi bilan 2019/2020-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi[17]. 2017-yil may oyida u Angliya kubogini qoʻlga kiritdi, final oʻyinida «shaharliklar» oʻsha «Birmingem Siti»ni 4:1 hisobida magʻlub etishdi[18]. 2018/19-yilgi mavsumda futbolchi jamoa bilan Angliya liga kubogi va Angliya kubogi, shuningdek, Angliya chempionatining kumush medallarini qoʻlga kiritdi.


Keira Walsh Angliya terma jamoasi safida
Keira Walsh Angliya Angliya terma jamoasi safida

Terma jamoa safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wlsh Angliyani barcha yoshlar darajasida himoya qilgan. 12 yoshida u Angliyaning 15 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan[19]. 2013-yil noyabr oyida futbolchi Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionatiga[20] jamoa vitse-sardori maqomida yoʻl oldi, Angliya uni toʻrtinchi oʻrinda yakunladi[21] va uchinchi oʻrin uchun oʻyinda magʻlub boʻldi. Penaltilar seriyasida Italiya jamoasi 4:3 hisobida magʻlub boʻldi[22]. Yarim himoyachining ajoyib oʻyini eʼtibordan chetda qolmadi va 2014-yilning yanvarida Keira 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga ilk bor chaqiruv oldi[23]. 2014-yilning 31-yanvarida u 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasidagi debyutida 73 daqiqa oʻynadi, oʻshanda Angliya Norvegiyaga qarshi 4:4 hisobida durang oʻynagan edi[24].

2017-yilning noyabrida Walsh Angliyaning asosiy jamoasiga chaqirildi[25]. U 2017-yilning 28-noyabr kuni Qozogʻiston terma jamoasiga qarshi debyut uchrashuvini oʻtkazdi[26].

Klubdagi statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi koʻrsatkichlar
Klub Mavsum Liga FA Kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyin Goal Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Manchester City 2014 WSL 1 7 0 0 0 1 0 8 0
015 6 0 0 0 3 0 9 0
2016 8 0 0 0 4 0 8 1 20 1
2017 8 0 3 0 0 0 11 0
2017–18 18 0 1 0 6 0 8 0 33 0
2018–19 rowspan="4" WSL 19 1 5 1 7 0 2 0 33 2
2019–20 14 2 5 0 5 0 4 0 28 2
2020–21 20 2 4 0 3 0 5 0 1 0 33 2
2021–22 14 1 2 0 6 0 0 0 22 1
Karyerada Umumiy 114 6 20 1 36 0 27 1 1 0 197 8

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keira Walsh Angliya terma jamoasi safida

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliya Manchester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FA Ayollar ligasi kubogi: 2014, 2016, 2018–19, 2021–22
  • FA Ayollar super ligasi: 2016
  • Ayollar uchun FA kubogi: 2016–17, 2018–19, 2019-20

Terma jamoaAngliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • SheBelieves kubogi: 2019[27]
  • FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati toʻrtinchi oʻrin: 2019[28]
  • Arnold Klark kubogi: 2022[29].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://tournament.fifadata.com/documents/FWWC/2019/pdf/FWWC_2019_SQUADLISTS.PDF
  2. https://www.worldfootball.net/player_summary/keira-walsh/
  3. https://www.manchestereveningnews.co.uk/sport/football/football-news/man-city-keira-walsh-interview-14128403
  4. http://www.thefa.com/news/2014/jan/28/walsh-hails-fa-tesco-skills-programme
  5. https://www.rovers.co.uk/news/2014/february/rovers-complete-keira-capture/
  6. https://www.rovers.co.uk/news/2014/february/ladies-lose-to-league-leaders/
  7. Manchester Siti
  8. https://www.rovers.co.uk/news/2017/november/keira-makes-england-bow/
  9. https://www.manchestereveningnews.co.uk/sport/football/football-news/man-city-keira-walsh-interview-14128403
  10. „arxiv nusxasi“. 3-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
  11. https://www.bbc.com/sport/football/33094765
  12. https://www.bbc.com/sport/football/34372477
  13. https://www.bbc.com/sport/football/39731536
  14. https://www.mancity.com/citytv/match-highlights/2016/november/man-city-women-v-brondby-match-highlights
  15. https://www.bbc.com/sport/football/37399440
  16. http://www.thefa.com/news/2016/oct/02/fa-wsl-continental-tyres-cup-final-manchester-city-birmingham-city-report
  17. https://www.mancity.com/news/mcwfc/mcwfc-news/2016/november/man-city-women-midfielder-keira-walsh-extends-contract
  18. https://www.bbc.com/sport/football/39848931
  19. https://www.manchestereveningnews.co.uk/sport/football/football-news/keira-chosen-for-england-squad-935269
  20. https://www.rovers.co.uk/news/2013/november/keira-selected-for-euro-finals/
  21. https://www.rovers.co.uk/news/2017/november/keira-makes-england-bow/
  22. https://www.uefa.com/womensunder17/season=2014/matches/round=2000415/match=2013117/index.html
  23. https://www.rovers.co.uk/news/2014/january/keira-climbs-england-ranks/
  24. http://www.thefa.com/news/2014/jan/31/england-4-4-norway-report-310114
  25. https://www.bbc.com/sport/football/41980160
  26. https://www.bbc.com/sport/football/42132008
  27. http://www.thefa.com/news/2019/mar/05/england-japan-shebelieves-050319
  28. https://www.bbc.co.uk/sport/football/48886246
  29. https://www.bbc.co.uk/sport/football/60468047

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]