Kei

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kei
김지연
Tavalludi
Kim Ji-yeon

20-mart 1995-yil (1995-03-20) (29 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa

Kim Ji-yeon (1995-yil 20-martda tugʻilgan), Kei nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U 2014-yil noyabr oyida Janubiy Koreyaning „Lovelyz“ qizlar guruhi aʼzosi sifatida shuhrat qozongan. Kei rasman yakkaxon debyutini 2019-yil 8-oktyabrda „Over and Over“ deb nomlangan mini-albomi bilan amalga oshirgan[1]. 2021-yil 16-noyabrda u „Lovelyz“ tarqatib yuborilganidan keyin shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilib, „Woollim Entertainmentni“ tark etgan[2]. U oʻzining musiqiy faoliyatiga eʼtibor qaratish uchun 2022-yil yanvar oyida „Palm Tree Island“ guruhiga qoʻshilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2016-yilda JTBC kompaniyasining „Girls Spirit“ asosiy vokal tanlovida ishtirok etgan va „Matching“ veb-dramasida bosh rolga tayinlangan! Xuddi shu yili „Boys Archery Club“ dramasida ham rol ijro etgan[3]. 1-sentyabr kuni u „Y“ qoʻshigʻini chiqargan[4]. 26-oktyabr kuni u „HighGRND PLAYGRND“ leybli loyihasining bir qismi sifatida „Beautiful“ trekini yaratgan[5].

2017-yilda u turli shoularda ishtirok etdi. U 107-108-qismlar uchun „Agiley Mouse Jerry“ ishtirokchisi sifatida „King of Mask Singer“ tanlovida paydo boʻlgan. U, shuningdek, Kim Tae-Yonning „I“ qoʻshigʻini oʻzining versiyasida aytib turli festivallarda qatnashdi. U „Running Man“ va „Idol National Singing Competition“ tanlovlarida hakam sifatida ishtirok etgan.

2018-yilning 8-iyunida Kei 15-iyundan boshlab aktyor Choy Von-myong bilan birga „Music Bank“ koʻrsatuvi uchun yangi olib boruvchi boʻlishi eʼlon qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „케이, 오늘은 러블리즈 아닌 솔로 김지연..."역사적 순간, 행복한 떨림"[V라이브 종합“]. Naver. Qaraldi: 9-oktabr 2019-yil.
  2. Hong. „러블리즈 해체…울림 “16일 계약만료, 각자 새출발” (공식) [전문“] (ko). Sports Donga. Naver (1-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
  3. Dilip, Mangala. „Here is everything you need to know about Lovelyz singer Kei's K-drama 'Matching! Boys Archery Club'“. International Business Times, India Edition. Qaraldi: 23-noyabr 2018-yil.
  4. „Y“ (ko). Melon (2-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2019-yil.
  5. Park. „Lovelyz's Kei collaborates with THE SOLUTIONS for new MV“. Aju Business Daily (27-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2018-yil.