Kefallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kefallar (Muqiliformes) — suyakli baliklar turkumi. Uzunligi 30 sm dan 3 m gacha, vazni 40 kg gacha (barrakuda). Jabra pardasi 6—7 yoyli. Suzgichlari tikanli, orqa suzgichi 2 ta, qorin suzgichlari 6 nurli. Tangachalari sikloid yoki ktenoid. 3 oilasi, jumladan, kefallar va barrakudalar, 150 turi malum. Tropik va moʻʼtadil iqlimli dengizlarning qirgʻoqqa yaqinroq qismida yashaydi. Detrit, bentos hayvonlar va baliklar bilan oziqlanadi. Okeanlarda loban yoki singil, oʻtkir burunli kefal, Hindiston kefali va b. keng tarqalgan. Ayrim turlari Uzoq, Sharq, Qora va Kaspiy dengizlari sohillarida ham uchraydi. Ogʻzidagi tishlari maxsus chuqurchada joylashgan. Yon chi-zigʻi boʻlmaydi; boshi kichik, tepadan pastga qarab siqilgan. K. juda tez suzadi; suvdan sakrab (uchib) chiqish xususiyatiga ega. Keng tarqalgan lobanning uz. 90 sm gacha, vazni 6,7 kg gacha. Bentosdagi chirindi bilan oziqlanadi; 6—7 yoshida voyaga yetadi. K. sanoat ahamiyatiga ega.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil