Kontent qismiga oʻtish

Kayxusrav I

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kayxusrav I

Gʻiyosiddin Kayxusrav I ibn Qilich Arslon. Ikkinchi hukmronligi. Hijriy 601—608-yillar (milodiy 1204—1211-yillar)
Rum sultoni
Saltanat 1192—1196
Oʻtmishdoshi Kilij Arslon II
Davomchisi Sulaymon II (Rum)
Saltanat 1205—1211
Oʻtmishdoshi Kilij Arslon III
Davomchisi Kaykovus I
Tugʻilishi 1169
Kuyucak, Rum sultonligi
Vafoti 1211 (yoshi 4142)
Kuyucak, Rum sultonligi
Turmush oʻrtogʻi Manuel Maurozomesning qizi Davlat Roziya Xotun
Barduliya Xotun
Farzandlari Kaykovus I
Qayqubod I
Muzaffariddin Numon
Toʻliq nomi
Gʻiyosiddin Kayxusrav ibn Qilij Arslon
Sulola Saljuqiy
Otasi Kilij Arslon II
Onasi Ummuhan Xotun
Dini Islom (Sunniy hanafiy)

Kayxusrav I (Andoza:Lang-trk-x-oldanat yoki Gʻiyosiddin Kayxusrav ibn Kilij Arslon; forscha: غياث‌الدين كيخسرو بن قلج ارسلان) Kilij Arslan IIning oʻn birinchi va kenja oʻgʻli boʻlib, Rum saljuqiy sultoni edi. 1192-yilda otasining oʻrniga taxtga chiqqan. Biroq, sultonlik ustidan nazorat uchun aka-ukalari bilan kurashishga majbur boʻlgan va 1196-yilda akasi Sulaymonga yutqazgan[1]. 1192—1196 va 1205—1211-yillarda hukmronlik qilgan.

„Kayxusrav“ nomi afsonaviy Shohnoma qahramoni Kayxusrav ismidan kelib chiqqan[2].

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kayxusravning tugʻilgan sanasi nomaʼlum[3]. Kilij Arslonning (h.1156–1192) oʻn birinchi va eng kenja oʻgʻli boʻlgan. Onasi Vizantiyadan kelib chiqqan[4]. Kayxusrav yaxshi taʼlim olgan, oʻz ona tili turk tilidan tashqari, fors, arab va yunon tillarini ham oʻrgangan[3].

Kayxusrav Manuel Maurozomesning qiziga uylangan[5]. Manuel Maurozomes Kayxusravning vassali sifatida Chonae va Laodicea qal’alarini boshqargan[6].

1192/93-yilda Kayxusrav Vizantiya zodagoni Theodore Mangaphasni, Mangaphasnga nisbatan boʻladigan munosabat kafolatlangach, imperator Isaakka qaytarib bergan[7]. Akasi Rukniddin Sulaymonshoh Koʻniya tomon tezkor yurish boshlaganida, Kayxusraw 1196-yilda Konstantinopolga qochgan[8]. 1197—1203-yillarda Konstantinopolda yashagan va ehtimol hatto choʻqintirilgan boʻlishi mumkin[9]. Kayxusravning oʻzi yozgan masnaviy asarida oʻsha davrdagi taqdirini ilohiy omadidan (farr) ayrilgach, surgunda yurishga majbur boʻlgan afsonaviy eroniy qahramon Jam (Jamshid) taqdiri bilan qiyoslaydi[10].

Sulaymon vafotidan va Kilij Arslonning sultonlik taxtiga chiqishidan soʻng, Kayxusrav Koʻniyaga kuch bilan kirib borgan, Kilijni hokimiyatdan chetlatgan va ikkinchi bor taxtga oʻtirgan[11].

Kayxusraw 1207-yilda Antaliyani Nikeya imperiyasi garnizonidan tortib olib, Rum saljuqiy sultonligiga Oʻrta yer dengiziga chiqish imkonini beruvchi portni olib bergan[12]. Aynan shu yili Kayxusrav Antaliyada masjid qurdirgan[13].

Kayxusraw 1211-yilda Meandr daryosi bo‘yidagi Antioxiya jangi halok boʻlgan[14]. Uning Manuel Maurozomesning qizidan tugʻilgan oʻgʻli Kayqubod I 1220—1237-yillarda sultonlikni boshqargan. Nabirasi esa Kayxusrav II boʻlib, 1237—1246-yillarda hukmronlik qilgan[15]. Kayxusravning jasadi Koʻniyaga olib kelingan va u yerda oʻz sulolasining ajdodlar maqbarasiga dafn etilgan[16].

Antaliyada joylashgan Kayxusravning zamonaviy haykali. Muallif Meret Övezov

Rustam Shukurovga koʻra, Kayxusrav I „ikkiyoqlama nasroniy va musulmon shaxsiyatga ega boʻlgan. Bu shaxsiyat esa turkiy/forsiy va yunon etnik mansubligining ikkiyoqlamaligi bilan yanada murakkablashgan“[17].

Kayxusrav fors tilida sheʼrlar yozgan[3]. Muhammad ibn Ali Ravandiy (1207-yildan keyin vafot etgan) Saljuqiylar imperiyasi tarixiga bagʻishlangan Rahat as-sudur va-ayat as-surur nomli tarixiy asarini Kayxusravga bagʻishlagan[3][18].

  1. Peacock & Yildiz 2015, s. 29.
  2. Durand-Guédy 2013, s. 191.
  3. 1 2 3 4 Özgüdenli 2017.
  4. The Seljuks of Anatolia: Court and Society in the Medieval Middle East. (2012). Storbritannien: Bloomsbury Publishing.
  5. Brand 1989, s. 18.
  6. Treadgold 1997, s. 714.
  7. Beihammer 2011, s. 605.
  8. Peacock & Yildiz 2015, s. 78.
  9. Peacock & Yildiz 2015, s. 128.
  10. Peacock & Yildiz 2013, s. 176.
  11. Peacock & Yildiz 2015, ss. 178–179.
  12. De Nicola, Yıldız & Peacock 2015, s. 121.
  13. Crane 1993, s. 6.
  14. Van Tricht 2011, s. 375.
  15. Bosworth 1996, s. 213.
  16. Durand-Guédy 2013, s. 199.
  17. Peacock & Yildiz 2013, s. 133.
  18. Cahen 1997, s. 816.
Oʻtmishdoshi:
Kilij Arslon II
Rum sultoni
1192—1196
Vorisi:
Sulaymon II
Oʻtmishdoshi:
Kilij Arslon III
Rum sultoni
1205—1211
Vorisi:
Kaykovus I