Katta shoʻr koʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Katta shoʻr koʻl - AQShning gʻarbiy qismidagi oqmas koʻl. Katta Havza togʻligida, 1282 m balandlikda joylashgan. Pleystotsen davridagi chuchuk suvli Bonnevill koʻlining qoldigʻi. Koʻlga Ber, Uiber, Jordan daryolari quyiladi. Maydoni yogʻin miqdoriga koʻra, 2500 dan 6000 km2 gacha oʻzgarib turadi. Shoʻrligi koʻlda suv koʻpayganda 137%" dan, suv kamayganda 300%s gacha. Chuq. 15 m gacha. Glauber va osh tuzlari olinadi. K.ning sharqiy sohilida Solt-Leyk-Siti, Ogden sh.lari joylashgan. Koʻlni Jan. Tinch okean t.y. (40 km uzunlikdagi damba orqali) kesib oʻtadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil