Katta masjid (Sivrihisar)
| Masjid | |
| Sivrihisar katta masjidi | |
| Mamlakat | |
| Joylashuvi | Eskishahar, Markaziy Anadolu mintaqasi |
| Koordinatalar | 39°27′03″N 31°32′14″E / 39.45083°N 31.53722°E |
| Yoʻnalishi | sunniylik |
| Meʼmoriy uslub | Saljuqiylar meʼmorchiligi |
| Binokorlik sanasi | 1232-yil |
| Minoralar balandligi | 1 |
| Qurilish materiali | yoʻnilgan tosh, yogʻoch |
| Holati | amaldagi |
Sivrihisar katta masjidi (turkcha: Sivrihisar Ulu Camii) – Turkiyaning Sivrihisar tumanidagi tarixiy masjid.
Masjid Eskishahar viloyatining Sivrihisar tumanida joylashgan. Leshker amiri Jaloliddin Ali tomonidan 1231–1232-yillarda Koʻniya sultoni Alouddin Qayqubod (h. 1220–1237) hukmronligi davrida qurilgan. Keyinroq 1275-yilda Kayxusrav III (h. 1265–1284) noibi Eminuddin Mikoil ibn Abdulloh tomonidan, 1440-yilda esa Sivrihisar qozisi Xizirbey tomonidan restavratsiya qilingan. Masjid Onadoʻlidagi yogʻoch ustunli qilib qurilgan beshta inshootdan biri hisoblanadi[1][2].
Masjidning umumiy yer maydoni 1,485 m2 (15,980 kv ft)[3]. Tashqi devorlari yoʻnilgan toshdan qurilgan. Toʻrtta kirish joyi mavjud[1]. Shimoliy va sharqiy darvozalarida restavratsiya ishlari amalga oshirilgan sanalari marmarga oʻyib yozilgan[2]. Tom qismi dastlab plitkalar bilan qoplangan, keyinchalik qoʻrgʻoshin bilan almashtirilgan[2]. Tomni ichki qismidagi 67 ta yogʻoch ustunlar koʻtarib turadi, ularning ustki qismlari, asosan, yashil, qizil va qora ranglarga boʻyalgan va anʼanaviy naqshlar bilan oʻyib ishlangan bezaklar bilan bezatilgan[1][3]. Baʼzi ustunlar toshdan qurilgan poydevorlarga oʻrnatilgan boʻlib, ular hozirgi Sivrihisar yaqinida joylashgan va bugungi kunda Ballıhisar nomi bilan mashhur boʻlgan qadimgi Pessinus shahrida ishlab chiqarilgan boʻlishi mumkin. Masjidning minbari 1245-yilda xurosonlik Ibn Mehmet tomonidan yongʻoq yogʻochidan ishlangan boʻlib, undagi geometrik va gullar tasviri juda mashhur hisoblanadi[1][3]. Ushbu minbar 1924-yilda buzib tashlangan Sivrihisar Kılıç masjididan olib kelingani taxmin qilinadi[2]. Masjid minorasi esa 1409–1410-yillarda Osmon oʻgʻli Hoji Habib tomonidan qurilgan boʻlib, bu haqida oʻsha yerdagi yozuvda qayd etilgan[3][2].
Jahon merosi obyekti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid hududi 2023-yilda UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga Madaniy yoʻnalish boʻyicha kiritilgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Sivrihisar masjidining tashqi tomoni
-
Sivrihisar masjidiga kirish qismi
-
Sivrihisar Katta masjidi poydevori toshlari
-
Sivrihisar masjidiga kirish qismi
-
Sivrihisar masjidiga kirish qismi
-
Sivrihisar masjidining umumiy koʻrinishi
-
Sivrihisar masjidining umumiy koʻrinishi
-
Sivrihisar masjidining ichki qismi
-
Sivrihisar masjidining ichki qismidagi balkon
-
Sivrihisar masjidining ichki qismi
-
Sivrihisar masjidining ichki tomi va balkoni
-
Sivrihisar Katta masjidi Minbers zinapoyasi
-
Sivrihisar Katta masjidi minbari
-
Sivrihisar Katta masjidi minbari
-
Sivrihisar Katta masjidi minbari detallari
-
Sivrihisar Katta masjididagi minbar eshigi detallari
-
Sivrihisar Katta masjididagi minbar eshigi detallari
-
Sivrihisar masjidining ichki bezaklari