Kontent qismiga oʻtish

Katta masjid (Samsun)

Koordinatalari: 41°17′40″N 36°19′58″E / 41.294392°N 36.332915°E / 41.294392; 36.332915
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Katta masjid
turkcha: Büyük Cami
Samsun Katta masjidi
Mamlakat  Turkiya
Hudud Qora dengiz mintaqasi
Shahar Samsun
Joylashuvi İlkadim tumani
Koordinatalar 41°17′40″N 36°19′58″E / 41.294392°N 36.332915°E / 41.294392; 36.332915
Meʼmoriy uslub Usmoniylar (asl inshoot esa Saljuqiylar) meʼmorchiligi
Meʼmor batumlik Hoji Ali
Asoschi Xidir bey
Binokorlik XIV asr1884-yil
Qurilish materiali tosh
Holati amaldagi


Katta masjid (turkcha: Büyük Cami) – Turkiyaning Samsun shahri, İlkadim tumanida joylashgan tarixiy tosh masjid. Asl masjid binosi 1300-yillarda Saljuqiylar davrida bunyod etilgan. 1869-yilda yonib ketgan va 1884-yilda qayta tiklangan[1]. Bugungi kunda Samsun shahrining eng chiroyli va tarixiy masjidlaridan biri hisoblanadi. Samsun soat minorasi va Samsun Saathane maydoniga yonida joylashgan.

Katta masjid Samsun shahrida saqlanib qolgan eng qadimiy masjidlardan biri hisoblanadi. Asl masjid XIV asrda Saljuqiylar davridagi harbiy qoʻmondon Xidir bey tomonidan bunyod etilgan. Bino Samsundagi aksariyat inshootlar singari yogʻochdan qurilgan, ammo 1869-yilda Samsunda sodir boʻlgan yirik yongʻin natijasida vayron boʻlgan. Keyingi yillarda bu joy tozalanib, toshdan yangi masjid qurilgan. 1884-yilda yangi masjid jamoat uchun foydalanishga topshirilgan. Toshdan qurilgan inshoot konstruksiyasi batumlik Hoji Ali tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilish ishlari Sulton Abdul Hazizning onasi tomonidan moliyalashtirgan. Sultonning onasi qurilishida ishtirok etgani va uni moliyalashtirgani sababli xalq orasida ushbu masjid Valide (ona) masjidi deb ham ataladi[2].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Samsun Saathane maydoni yonidagi katta, daraxtlar ekilgan hovlida joylashgan boʻlib, kesma toshdan bunyod etilgan. Masjidning markaziy gumbazi gul va geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Inshootning gʻarbiy jabhasida ikkita katta minora joylashgan. Ikkala minora ham balkonga ega boʻlib, oddiy toshdan qurilgan. Masjidda katta, yoysimon derazalar qurilgan oʻrnatilgan, ular masjidni tabiiy ravishda yorugʻlik bilan taʼminlab turadi. Asosiy namozgoh markazida nafis qandil oʻrnatilgan[3].

  1. „Büyük Cami“. samsun.ktb.gov.tr. Qaraldi: 2023-yil 11-aprel.
  2. „Büyük Cami“. samsun.gov.tr. Qaraldi: 2023-yil 11-aprel.
  3. „Samsun Büyük Cami'nin tarihi - Samsun Büyük Cami haber“ (tr). Samsun Son Haber. Qaraldi: 2023-yil 11-aprel.