Kontent qismiga oʻtish

Katta masjid (Kano)

Koordinatalari: 11°59′41″N 8°31′03″E / 11.99472°N 8.51750°E / 11.99472; 8.51750
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Kano katta masjidi
arabcha: الجامع الكبير في كانو
Mamlakat  Nigeriya
Shahar Kano
Koordinatalar 11°59′41″N 8°31′03″E / 11.99472°N 8.51750°E / 11.99472; 8.51750
Asosiy sana:
15-asr
Gumbazlar soni 7
Gumbazlar soni 7
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 20 metr

Kano katta masjidi (arabcha: الجامع الكبير في كانو‎) Kano shtatining markazi va Nigeriyadagi ikkinchi eng zich shahri Kanodagi umumiy jamoat masjidi. Masjid shtatning Mandavari hududida joylashgan.

Masjid minoralaridan koʻrinishi (1960-yil).
Kanodagi katta masjid. Kano, Shimoliy Nigeriya – 1962-yil 13-15-yanvar

Kano katta masjidi Nigeriyadagi eng qadimgi masjid boʻlib, 15-asrda Muhammad Rumfa sharafiga qurilgan. U loydan qurilgan boʻlib, soro yoki minora turidagi inshoot edi[1][2]. Rumfaning hukmronligi va islom dinini qabul qilishidan avval, Kanoning markaziy masjidi ikkita ehtimoliy hududlarda joylashgan edi. Birinchi ehtimol – XV asr berber olimi al-Magʻiliyning avlodlari istiqomat qiladigan Sharifai mahallasi. Ikkinchi ehtimol esa – Mali imperiyasidan kelgan Vangara musulmonlari yashaydigan Yan Doya mahallasi edi[3].

U 1582-yilda Muhammad Zakiy tomonidan yangi joyga koʻchirilgan va 19-asr oʻrtalarida Abdullahi Dan Dabo tomonidan qayta qurilgan. Sokoto jihodidan soʻng, Kanonning imomi deb hisoblangan amir Sulaymon oʻzi masjidda juma namozlarini boshqargan. Keyingi amirlar esa bu vazifani tayinlangan imomlarga topshirishgan[4].

U 1950-yillarda vayron qilingan va Britaniya homiyligi bilan qayta qurilgan[5].

1980-yilgi Kano qoʻzgʻaloni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yil dekabr oyida Yan Tatsine nomi bilan tanilgan Maitatsine izdoshlari juma namozi paytida masjidni egallab olish maqsadida namozxonlarga hujum qildilar. Toʻqnashuv oʻn bir kun davom etdi, dastlab politsiya bu hujumni toʻxtatishga urindi, keyinchalik esa armiyani jalb qilishga toʻgʻri keldi. Shiddatli qarama-qarshilik faqat Maitatsine va uning oʻz shtab-kvartirasini himoya qilayotgan tarafdorlari oʻldirilganidan soʻng yakuniga yetdi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlar soni 4 mingdan oshgan, biroq boshqa manbalarga koʻra, halok boʻlganlar soni koʻproq boʻlishi mumkin[6][7]. 

  1. „Great Mosque of Kano“. ArchNet. Massachusetts Institute of Technology. 2005-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 13-iyul.
  2. The Oxford Handbook of Islamic Archaeology Walker: . Oxford University Press — 498-bet. 
  3. African urban spaces in historical perspective. Rochester: University of Rochester Press, 2005 — 11-bet. ISBN 978-1-58046-637-0. 
  4. Paden, John N.. Religion and political culture in Kano. Berkeley: University of California Press, 1973. ISBN 978-0-520-01738-2. 
  5. „Great Mosque of Kano“. ArchNet. Massachusetts Institute of Technology. 2005-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 13-iyul.
  6. Dash, Leon. „Nigerian Moslem Sect Uprising Killed Hundreds“ (en-US). Washington Post (1982-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  7. Islam in the modern world. New York: St. Martin's Press, 1983. ISBN 978-0-312-43740-4.