Katta Bursuq
| Bagʻdod shihnasi | |
|---|---|
|
Mansab davri 1060-yil aprel – 1061 | |
| Vorisi | Oshin |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1097-yil sentyabr Saraxs |
Bursuq[1] (1097-yilda vafot etgan), shuningdek Katta Bursuq[2] va Amir sipohsolor Bursuq,[3], Saljuqiylar davlatining nufuzli siyosiy va harbiy arbobi boʻlib, Bursuqiylar sulolasi asoschisi hisoblanadi. Ushbu sulola Luriston va shimoliy Xuzistonning mahalliy hokimlari boʻlgan[4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik davrlari haqida hech narsa maʼlum emas. Baʼzilar Bursuq Toʻgʻrulning gʻulomi boʻlgan, deb taxmin qilganlar. Biroq, bu ehtimoldan yiroq. Aksincha, u Hasanuyahlar sulolasining gʻulomi boʻlgan va keyinchalik ularning mulklari hamda mansabini meros qilib olgan boʻlishi mumkin[4].
Bursuq haqidagi dastlabki maʼlumotlar Bagʻdodning birinchi shihnasi boʻlganiga oid. 1060-yil aprelida Toʻgʻrulbek Abbosiylar poytaxti ustidan hukmronlik oʻrnatganidan keyin, Bursuqni shihna lavozimga tayinlagan. 1061-yil boshida Bursuq xalifani qizi yoki singlisini saljuqiy hukmdorga turmushga berishga koʻndira olgan. Shu yilning oʻzida Bursuqning oʻrnini Oshin ismli gʻulom egallagan. Bursuq Toʻgʻrulning soʻnggi kunlarida uning hamrohi boʻlgan. Toʻgʻrul vafotidan soʻng esa Bursuq 1065-yilda Forsga qarshi yurishda Alparslonga hamroh boʻlgani qayd etilgan[4].
Bursuq 1078-yilgacha oʻtgan 15 yil davomida tarixiy manbalarda deyarli uchramaydi. Bu holat Nizomulmulkning islohotlari bilan izohlanishi mumkin. Chunki bu islohotlar amirlar hokimiyatini sezilarli darajada cheklagan edi. Aynan shu davrda Bursuq Luriston va Xuzistonning shimoliy hududlarini boshqara boshlagan boʻlib, bu holat mazkur mintaqada Bursuqiylar sulolasi merosiy hokimiyatining shakllana boshlashi deya baholanadi. Ularning qarorgohi ehtimol ushbu hududning eng muhim markazi boʻlgan Shushtar shahrida joylashgan edi[4].
Bursuq bir necha yildan soʻng yana siyosiy arbob sifatida manbalarda qayta tilga olingan. 1078-yilda Alparslon Bursuqni Onadoʻliga, Qutalmishning oʻgʻillari Sulaymon va Mansurning qoʻzgʻolonini bostirish uchun yuborilgan. Bursuq gʻalaba qozonganiga qaramay, Sulaymon Onadoʻlining gʻarbiy va janubiy hududlarida hokimiyatni saqlab qolgan. 1086-yil avgustida saljuqiy sulton yurishni shaxsan oʻzi boshqargan holda, Bursuq va yana bir necha amirni ilgʻor qoʻshin qilib yuborgan. Shundan soʻng, Bursuq Alexios I Komnenos davrida Vizantiya imperiyasiga qarshi mojarolarda saljuqiylar qoʻmondoni etib tayinlangan. Hamadoniy Bursuq Aleksandretta qoʻltigʻi yaqiniga joylashtirilganini qayd etgan[4].
1087-yil aprelida, saljuqiy sulton Malikshohning qizi bilan abbosiy xalifa al-Muqtadiy (h. 1075–1094) oʻrtasidagi nikoh marosimi chogʻida Bursuq kelinni Bagʻdodga olib borayotgan karvonni kuzatib boruvchi amirlar safida boʻlgan. Bu holat Bursuq Malikshoh hukmronligi davrida ham yuqori mansablarini saqlab qolganini koʻrsatadi. 1092-yilda Malikshoh vafotidan soʻng,, Amir Sipohsolor Katta Bursuq nomi bilan qayd etilgan Bursuq Barqiyoruqni qoʻllab-quvvatlagan. Tutushning isyoni paytida Bursuq sarkardalarni Tutushni qoʻllashdan voz kechishga koʻndirishga uringan. 1094-yilda Mosul jangida Barqiyoruq bilan birga Tutushga qarshi jang qilgan va Barqiyoruq magʻlub boʻlib Isfahonga qochganidan keyin ham unga sodiq qolgan. Bursuqning Barqiyoruqni toʻliq qoʻllab-quvvatlashi oxir-oqibat oʻz samarasini bergan. Sulton yakunda gʻalaba qozongan va Bursuq saljuqiylar saroyidagi mavqeini yanada mustahkamlagan. 1096-yilda Xurosonda Arslon Argʻun qoʻzgʻolonini bostirish uchun Barqiyoruq Ahmad Sanjarni ushbu viloyat hokimi etib tayinlab, Bursuqni uning atabegi etib belgilagan[4]. Yoʻl davomida Bursuqni Quhistonlik nizoriy tomonidan suiqasd natijasida oʻldirilgan[5][4], 1097-yil sentyabrida Sarakhs yaqinida[4].
Nizoriylarning bu hujumni amalga oshirishiga sabab Bursuqning ehtimoliy anti-nizoriy faoliyati boʻlishi mumkin. Chunki nizoriylarning koʻpchiligi Shushtarning janubi-sharqida faol boʻlgan. Bursuqning oʻgʻillari va ittifoqchilari Barqiyoruqning vaziri Majd al-Mulk Qumiyni suiqasdda ishtirok etganlikda ayblab, uni 1099-yilda Sujasda oʻldirganlar[4].
Bolalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalarda Bursuqning toʻrt nafar oʻgʻli qayd etilgan. Bular Ilbegi (ایلبگی), Zangi (زنگی), Aq-Buri (آقبوری) va oʻgʻillari ichida eng mashhuri hamda otasi bilan bir xil ismli oʻgʻli Bursuq II[4].
Bursuqning qizlaridan biri Arrajan va unga tutash hududlarning saljuqiy amiri Faxr ud-Davla Chavliyga turmushga berilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ برسق (fors tili) Bursuq / Barsaq, Turkiy tillardagi borsuq, yaʼni „boʻrsiq“ maʼnosida
- ↑ برسق کبیر (fors tili) Bursuq-i Kabīr
- ↑ امیر اسپهسالار برسق (fors tili) Amīr Ispahsālār Bursuq
- ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 رحمتی, محسن (March 2018). ["خاندان برسقی و تحولات عصر سلجوقی" (fa). پژوهش های تاریخی 10 (1). doi:10.22108/jhr.2017.83577. .(https://jhr.ui.ac.ir/article_22219_edc282903a8907c7635ca1f7b2a703a2.pdf%7Clanguage=fa}})
- ↑ Cook, David (1 January 2012). ["Were the Ismāʿīlī Assassins the First Suicide Attackers? An Examination of Their Recorded Assassinations" (en). The Lineaments of Islam: 97–117. doi:10.1163/9789004231948_007. ISBN 978-90-04-21885-7. .(https://brill.com/view/book/edcoll/9789004231948/B9789004231948_007.xml%7Clanguage=en%7Curl-access=subscription}})
- Tugʻilgan joyi nomaʼlum boʻlgan kishilar
- Tugʻilgan sanasi nomaʼlum boʻlgan kishilar
- 1097-yilda vafot etganlar
- 11-asr Saljuqiylar imperiyasida
- Abbosiylar xalifaligi davrida Bagʻdod
- Nizoriy—Saljuqiy urushlari ishtirokchilari
- Vizantiya—Saljuqiy urushlari
- Saljuqiylar imperiyasi sarkardalari
- Saljuqiylar imperiyasi hukumat amaldorlari
- Bursuqiylar sulolasi
- Hashshoshiylar qurbonlari