Katamaran

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Katamaran (tamilcha kattumaram; soʻzma-soʻz — bogʻlangan xodalar) — 1) bir-biriga bogʻlangan bir necha xodadan iborat sol. Kisqa suv yoʻllari va baliq ovida ishlatiladi. Hind okeanining Osiyo tomondagi qirgʻoklari va ularga yondosh orollarda, Tinch okean orollari va Jan. Afrikada yashovchi xalklar foydalanadi. Eshkak yoki yelkan yordamida harakatlanadi; 2) eshkak-Yuk tashiydigan katamaranli yoki yelkanli kichik kema. Ikki uchi teshilgan va oʻtkirlangan bir necha gʻoʻlani birlashtirib yasaladi; 3) bir-biriga birlashgan ikki korpusli (katta palubali) yoki qalqovuch — muvozanatlagichi bort tashqarisida joylashgan bir korpusli kema. Dengizda yaxshi suzishi va suvda turgʻunligi bilan farq qiladi. Daryo, dengizda yoʻlovchilar va yuk tashish, baliq ovlash, sport-sayyohlik va b. maqsadlarda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil