Katagenez
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Katagenez (yun. kata — yuqoridan quyiga boʻladigan harakatni bildiradigan qoʻshimcha va ... genez) 1) biologiyada organizmlarning soddalashgan ekologik muhitga oʻtishi tufayli morfofiziologik tuzilishining pasayishiga, bir qancha organlar va organlar sistemasining dezintegratsiyasi va reduksiyasiga olib keluvchi regressiv evolyusiya. K.ga misol qilib organizmlarning oʻtroq yoki parazit yashashga utishi tufayli ular tuzilishining oʻzgarishini koʻrsatish mumkin. K. termini regressiv evolyusiyaning morfologik oʻzgarishlarini emas, balki ekologik va genetik tomonlarini ham oʻz ichiga olishi bilan katamorfozdyan farq qiladi. 2) geologiyada — choʻkindi togʻ jinslari hosil boʻlgandan soʻng diagenez natijasida va ularning metamorfik togʻ jinsiga aylanishiga qadar kimyoviymineralogik shakllanish bosqichi (yana q. Litogenez). K. terminini rus olimi A. Ye. Fersman (1922) tavsiya etgan. K.da togʻ jinslari kuchli zichlanadi, ikkilamchi minerallar hosil boʻladi, moddalar qayta kristallanadi. K. tektonik harakatlar natijasida togʻ jinslarining chuqurlikka choʻkishidan hosil boʻladigan bosim va temperaturaning koʻtarilishidan sodir boʻladi. K. qonuniyatlarini bilish amaliyotda katta ahamiyatga ega. Mas, choʻkindi qatlamlarning neftga istiqbolini baholashda, qazilma koʻmirlar, noruda qurilish materiallari va b.ning xususiyatlarini bashorat qilishda K.ning ahamiyati katta. Xorijiy adabiyotlarda K. oʻrnida "diagenezning kechki bosqichi" iborasi qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |