Kontent qismiga oʻtish

Katabon masjidi

Masjid
Katabon masjidi
কাটাবন মসজিদ
Mamlakat Bangladesh
ShaharDakka
Koordinatalar23°44′18.2″N 90°23′28.6″E / 23.738389°N 90.391278°E / 23.738389; 90.391278
Yoʻnalishisunniylik

Katabon masjidi (bengalcha: কাটাবন মসজিদ) Bangladeshning Dakka shahridagi Shohbogʻ hududida joylashgan musulmon missionerlari markazidir. U „Bangladesh Masjid Mission“ tashkilotining tadbirlari oʻtkaziladigan asosiy joy hisoblanadi va rasmiy ravishda „Bangladesh Masjid Mission Complex Central Mosque“ (Bangladesh masjid missiyasi majmuasi markaziy masjidi) nomi bilan tanilgan[manba kerak]. Masjid bir vaqtlar Dakka navoblarining oilaviy otxonalari joylashgan hududga yaqin joyda qurilgan[1].

Masjid tarkibida „Islamic Economics Research Bureau“ (Islom Iqtisodiyoti Tadqiqot Byurosi) faoliyat yuritadi, u „zamonaviy islom banki va moliyasi sohasidagi mutaxassislar, akademiklar va talabalarning intellektual salohiyatini sinergiya qilish“ uchun ishlaydi[2]. Bangladesh Masjid Mission Bangladeshda islomning anʼanaviy shaklini targʻib qiladi[3].

  1. Alamgir, Mohammad „Shahbag“, . Banglapedia: National Encyclopedia of Bangladesh, Second, Asiatic Society of Bangladesh, 2012. 
  2. Mohammen Nasir Jawed, Year Book of the Muslim World, page 167, South Asia Books, 2006, ISBN 81-86420-00-2
  3. U.A.B. Razia Akter. Islam in Bangladesh. BRILL, 1992 51-bet. ISBN 90-04-09497-0.