Kassetali o‘q-dorilar bo‘yicha Konventsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kassetali oʻq-dorilar toʻgʻrisidagi konventsiya (inglizcha: Convention on Cluster Munitions, CCM) kassetali oʻq-dorilardan foydalanishni taqiqlovchi xalqaro shartnoma. U har birining ogʻirligi 20 kg.dan oshmaydigan bir nechta portlovchi oʻq-dorilarni („bomblets“) sochadigan kassetali oʻq-dorilardan foydalanish, ulatni sotish va toʻplashni taqiqlaydi. Konventsiya 2008-yil 30-mayda Dublinda tayyorlangan boʻlib, hujjanning imzolanishi 2008-yil 3-dekabrda Osloda boshlangan. 2010-yil 1-avgustda 30 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilinganidan 6 oy oʻtib kuchga kirgan. 2013-yil sentabr holatiga, 113 ta davlat shartnomani imzolagan va 84 tasi uni ratifikatsiya qilgan.

Konventsiyani ratifikatsiya qilgan tomonlar „hech qachon va hech qanday sharoitda“ quyidagilar boʻyicha majburiyat oldi:


a) kassetali oʻq-dorilarni qoʻllamaslik;

b) kassetali oʻq-dorilarni yaratmaslik, ishlab chiqmaslik, boshqa yoʻllar bilan olmaslik, toʻplamaslik, saqlamaslik va hech kimga bevosita yoki bilvosita bermaslik; c) ushbu Konventsiyaga koʻra, ishtirokchi davlatga taqiqlangan faoliyatni amalga oshirishga hech kimga yordam bermaslik, ragʻbatlantirmaslik va unga turtki bermaslik.

Xalqaro hujjatda foydalanishga ruxsat etilgan suboʻq-dorilar bilan jihozlangan oʻq-dorilarning roʻyxati keltirilgan. Bunda, tanlab taʼsir qilish va portlamagan suboʻq-dorilarning xavfsizligi masalasini inobatga olish shart qilingan. Ular orasida: har birining ogʻirligi 4 kg.dan ortiq boʻlgan 10 tadan kam oʻq-dori bilan jihozlangan oʻq-dorilar bor. Ular bir nishonga zarba berish uchun moʻljallangan hamda oʻz-oʻzini yoʻq qilish va oʻz-oʻzini oʻchirish elektron mexanizmlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak[1]. Ogʻirligi 20 kg.dan ortiq boʻlgan oʻq-dorilari boʻlgan qurollar ham konventsiya bilan tartibga solinmaydi.

Kassetali oʻq-dorilarning eng yirik ishlab chiqaruvchilari va egalari boʻlgan davlatlar — AQSh, Rossiya, Xitoy konventsiyaga qoʻshilmagan, yaʼni uni imzolamagan. Shuningdek, Hindiston, Pokiston, Isroil, Janubiy Koreya kassetali oʻq-dorilarni samarali va zarur qurol deb bilgani sababli shartnomani qabul qilishdan bosh tortgan[2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fitzgibbon wants to keep SMArt cluster shells“, Australia Broadcasting Corporation, 29 May 2008
  2. The United States Aims Low on Cluster Munitions. HRW.
  3. Countries Sign Cluster Munitions Convention, Jeff Abramson / Arms Control Association, January/February 2009

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]