Kontent qismiga oʻtish

Kasper Hämäläinen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kasper Hämäläinen
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kasper Woldemar Hämäläinen
Tavallud sanasi 8-avgust 1986-yil (1986-08-08) (38 yosh)
Tavallud joyi Turku, Finlandiya
Boʻyi 1.87 m (6 ft 1 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
TPS
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995—1997 MaPS
1998—2001 Inter Turku
2002—2003 TPS
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2010 TPS 97 (12)
2010—2013 Djurgården 90 (8)
2013—2016 Lech Poznań 100 (33)
2016—2019 Legia Warsaw 90 (21)
2019—2020 FK Jablonec 15 (2)
2019—2020Jablonec B 8 (1)
2021— TPS 35 (9)
Milliy terma jamoa
2002 Finlandiya U16 17 (0)
2003 Finlandiya U17 10 (0)
2006—2009 Finlandiya U21 21 (1)
2008—2019 Finlandiya 63 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 24-avgust uchun)

Kasper Woldemar Hämäläinen (talaffuzi: Kasper Hyamyalyaynen; 1986-yil 8-avgustda tugʻilgan) — Finlandiyalik professional futbol yarim himoyachisi, Ykkönen jamoasi TPS va Finlandiya terma jamoasida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turku shahrida tugʻilgan Hamaläinen oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri TPS klubida boshlagan. 2003-yilda professional debyut qilgan. 2008-yil iyun oyida Portugaliya Primeira Liga klubi CD Nacional uni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi edi, ammo futbolchi juda qimmat ekani aytildi[1]. NEC hamda Italiyaning Roma, Lazio, Udineze va Siena klublari ham qiziqish bildirgan.

Djurgårdens IF

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilning dekabrida uni Shvetsiyaning Djurgården klubi sotib olgani malum boʻldi[2]. 2010—2011-yilgi mavsumda Allsvenskanda 30 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2012-yilgi mavsum oldidan Djurgården bosh murabbiyi Magnus Pehrsson Hämäläinenni koʻproq hujumkor rolida sinab koʻrdi.

2013-yil yanvar oyida Hämäläinen Polshaning Lech Poznań jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Transfer narxi oshkor etilmadi, ammo 250 000 yevro atrofida bo‘lishi taxmin qilingandi. 24-fevral kuni Ruch Chorzow qarshi debyutida (4:0) gol urdi. Hämäläinen 2013-yilning bahorgi mavsumida 14 ta oʻyin oʻtkazdi, shundan 12 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Lech Poznań ligada 2-oʻrinni oldi va keyingi mavsum uchun UEFA Yevropa Ligasi saralashiga yoʻl oldi.

2016-yilning 11-yanvarida Lechning azaliy raqibi Legia Varshava klubiga tekinga o‘tib, 3+12 yillik shartnoma imzoladi[3].

2019-yil 6-sentyabrda Hämäläinen Chexiya Birinchi ligasi klubi FK Jablonecga qo‘shildi va ikki yillik shartnoma imzoladi[4].

TPSga qaytish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 7-may kuni Hämäläinen 2,5 yillik shartnoma bilan TPSga qaytishi eʼlon qilindi[5].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hämäläine nFinlandiya U17 terma jamoasi bilan 2003-yilda Finlandiyada boʻlib oʻtgan U17 Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Milliy terma jamoadagi debyutini 2008-yilning 19-noyabrida Shveysariyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[6]. UEFA Yevro-2012 saralash bosqichida oʻzini milliy terma jamoaning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatdi[7]. Ilk terma jamoadagi golini 2010-yilning 17-noyabrida San-Marinoga qarshi o‘yinda urgan (8:0).

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hämäläinenning otasi Heikki Hämäläinen — sobiq yengil atletikachi.

Faoliyati statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
15-sentyabr, 2021-yil holatiga koʻra[8][9]
Klub Mavsum Liga Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
TPS 2003 Veikkausliiga 2 0 0 0 - - 2 0
2004 6 1 0 0 - - 6 1
2005 0 0 0 0 - - 0 0
2006 18 1 0 0 - - 18 1
2007 24 4 0 0 - - 24 4
2008 22 3 0 0 - - 22 3
2009 25 0 0 0 - - 25 0
Jami 97 9 0 0 0 0 0 0 97 9
Djurgården 2010 Allsvenskan 30 2 1 0 - - 31 2
2011 30 2 2 0 - - 32 2
2012 30 4 1 2 - - 31 6
Jami 90 8 4 2 - - 94 10
Lech Poznań 2012—2013 Ekstraklasa 13 3 - - - 13 3
2013—2014 36 9 2 0 4[lower-alpha 1] 0 - 42 9
2014—2015 36 13 4 1 4[lower-alpha 1] 1 - 44 15
2015—2016 15 8 3 0 12[lower-alpha 2] 1 1 0 31 9
Jami 100 33 9 1 20 2 1 0 130 36
Legia Warsaw 2015—2016 Ekstraklasa 11 3 2 0 - - 13 3
2016—2017 31 7 1 1 4[lower-alpha 3] 0 0 0 36 8
2017—2018 31 8 3 0 6[lower-alpha 4] 2 1 0 41 10
2018—2019 17 2 2 0 4[lower-alpha 3] 0 1 0 24 2
Jami 90 20 8 1 14 2 2 0 114 23
Jablonec 2019—2020 Chexiya birinchi ligasi 15 2 2 0 17 2
Jablonec B 2019—2020 Bogemiya futbol ligasi 1 0 0 0 1 0
2020—2021 7 1 0 0 7 1
Jami 8 1 0 0 0 0 0 0 8 1
TPS 2021 Ykkönen 11 3 0 0 11 3
Jami faoliyati 411 76 23 4 34 4 3 0 471 84
  1. 1,0 1,1 Appearances in the UEFA Europa League
  2. Includes four appearances in the UEFA Champions League, and eight appearances in the UEFA Europa League
  3. 3,0 3,1 Includes three appearances in the UEFA Champions League, and one appearance in the UEFA Europa League
  4. Includes four appearances in the UEFA Champions League, and two appearances in the UEFA Europa League
26-mart, 2019-yil holatiga koʻra[10]
Milliy terma jamoa Yil Rasmiy Doʻstona Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Finlandiya 2008 0 0 1 0 1 0
2009 2 0 1 0 2 0
2010 3 2 4 0 7 2
2011 6 2 3 1 9 3
2012 3 1 6 0 9 1
2013 6 1 4 1 10 2
2014 3 0 1 0 4 0
2015 6 0 0 0 6 0
2016 2 0 4 1 6 1
2017 5 0 1 0 6 0
2018 0 0 0 0 0 0
2019 2 0 0 0 2 0
Jami 38 6 25 3 63 9

Xalqaro gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2010-yil 17-noyabr Xelsinki Olimpiya stadioni, Xelsinki, Finlandiya 11  San Marino 2 — 0 8—0 UEFA Yevro-2012 saralashi
2 5 — 0
3 2011-yil 10-avgust Skonto stadioni, Riga, Latviya 15  Latviya 1 — 0 2—0 Doʻstona
4 2011-yil 2-sentyabr Xelsinki Olimpiya stadioni, Xelsinki, Finlandiya 16  Moldova 1 — 0 4—1 UEFA Yevro-2012 saralashi
5 2 — 0
6 2012-yil 12-oktyabr 28  Gruziya 1 — 1 1—1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
7 2013-yil 7-iyun 33  Belarus 1 — 0 1—0
8 2013-yil 14-avgust Veritas Stadion, Turku, Finlandiya 35  Sloveniya 2 — 0 2—0 Doʻstona
9 2016-yil 1-iyun King Boduin stadioni, Bryussel, Belgiya 52  Belgiya 1 — 0 1—1

Lech Poznań

  • Ekstraklasa: 2014—2015
  • Polsha Superkubogi: 2015

Legia Warsaw

  • Ekstraklasa: 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018
  • Polsha kubogi: 2015—2016, 2017—2018
  1. Turun Sanomat[sayt ishlamaydi]
  2. „Kasper Hämäläinen till DIF“ (sv). dif.se (2009-yil 30-dekabr). 2010-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 30-dekabr.
  3. „Kasper Hamalainen piłkarzem Legii! – Legia Warszawa“. legia.com.
  4. „Kasper Hämäläisen sai uuden seuran Tšekistä ja mielii takaisin Suomen maajoukkueeseen“ (fi). Helsingin Sanomat (2020-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  5. „Kasper Hämäläinen palaa TPS-paitaan 2,5-vuotisella sopimuksella“ (fi). TPS (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  6. „Sveitsi kaatoi Suomen St. Gallenissa“ (fi). YLE Urheilu (2008-yil 19-noyabr). 2015-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-yanvar.
  7. „Kasper Hämäläisellä takana läpimurtokausi“ (fi). Ilta-Sanomat (2010-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.
  8. „Kasper Hämäläinen“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 23-iyul.
  9. „Kasper Hämäläinen“. 90minut.pl. Qaraldi: 2015-yil 23-iyul.
  10. „Kasper Hämäläinen“ (fi). palloliitto.fi. 2016-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-mart.