Kast

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kashtdan yoʻnaltirildi)

Kast, Kasht (sugʻdiycha — tog , balandlik) — Chatniyonga qarashli viloyat va shahar. Hisor tizma togʻlarida joylashgan. Mugʻ togʻidan topilgan sugʻdiy hujjatlarda (8-asr boshi) Panch, yaʼni Panjikentning turkiy hokimi Chaqin Chur Bilga Bichut oʻgʻlining nomi keltirilgan, u Panch bilan birga K. rustoqining ham hokimi boʻlgan (7-asr oxiri — 8-asr boshi). U zarb etgan tangalardagi tamgʻalar K.dagiga oʻxshash. Ilk oʻrta asrlarda K. ancha yirik viloyat boʻlgan, chunki uning hukmdori oliy shohona unvon bilan ixshid deb atalgan; bu unvonga undan tashqari faqat Sugʻd hukmdorlarigina ega boʻlishgan. Panjikent hokimlari ancha kamtarona unvon bilan — "mray", yaʼni "janob" deb atalganlar, bu sugʻdiy zodagonlar tabaqasida 2 darajali unvon sanalgan. 9-asr 1 choragida K. viloyati xalifalikka 10 ming dirham miqdorda xiroj toʻlagan. Bu qoʻshni Karron, Vashgird kabi viloyatlarnikidan ancha ortiq boʻlgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil