Kaskay qabilalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kashklardan yoʻnaltirildi)

Kaskay qabilalari, kaskeyliklar, kasklar, kashklar, kashkeyliklar — Xett podsholigidan shim. va shim.-sharkdagi Pont togʻlari (Kichik Osiyo)da qadimdan yashovchi qabilalar birlashmasi. K.q.ning qoʻshni tumanlarga bosqinlari xettlarni doimiy kurash (mil. av. 17-asrdan mil. av. 13-asrgacha) olib borishga majbur qilgan. K.q. chorvachilik va toʻqimachilik bilan shugʻullangan. K.q.da mil. av. 14-asr gacha "harbiy demokratiya" saqlangan. K.q. mil.av. 8—7-asrlarda manbalarda oxirgi marta eslab oʻtilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil