Karvon (qoʻshiq)

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Karvon“
Sherali Joʻrayev qoʻshigʻi
„Karvon“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1986
Yozib olingan 1985
Janr anʼanaviy musiqa
Davomiyligi 6:48
Leybl „Melodiya“
Matn muallif(lar)i Usmon Azim
Bastakor(lar) Sherali Joʻrayev
„Karvon“ xronologiyasi
Karvon
(1986)
„Asta-asta“
(1986)

Karvon“ — oʻzbekistonlik xonanda Sherali Joʻrayev ijro etgan qoʻshiq. Matni oʻzbek shoiri Usmon Azim qalamiga mansub sheʼrdan olingan qoʻshiq kuyini 1985-yilda[manba kerak] Joʻrayevning oʻzi bastalagan. Tarona 1971-yil Joʻrayevning yana olti boshqa qoʻshigʻi bilan bir qatorda „Karvon“ (ruscha: Караван) plastinkasiga kiritilgan[1]. Plastinkaga yozib olish jarayonida Abdulhoshim Ismoilov rahbarligida Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli ishtirok etgan.

„Karvon“ Joʻrayev repertuaridagi eng yaxshi tanilgan taronalarning biridir. Qoʻshiqda suyukli yori boshqa yigitga turmushga uzatilgani haqida xabar topgan baxshi yigit qismati haqida kuylanadi. Plastinkaga kiritilgan versiya boshida Joʻrayev 1 daqi-yu 45 soniya davomida mungli musiqa joʻrligida bu haqida rivoyat soʻzlab bergan.

Sanjay kaveri[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Sanjay taxallusi bilan ijod qiladigan xonanda Sanjar Javberdiyev „Karvon“ qoʻshigʻiga asos boʻlgan sheʼrni umuman boshqacha kuy bilan ijro etgan. 2020-yil kaver na Joʻrayevdan, na matn muallifi Azimdan ruxsat olinmay ijro etilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Javberdiyevga qarshi akt tuzib, ishni sudga oshirgan. Bu holat qoʻshiq mualliflik huquqi boʻyicha Oʻzbekiston tarixida koʻrib chiqilgan birinchi ishdir[2]. 2020-yil Javberdiyev boshqa bu qoʻshiqni ijro etmasligi xaqida tushuntirish xati yozib bergan. 2021-yil xonanda yana javobgarlikka tortilgan va bu safar unga jarima solingan[3]. 2022-yil holatiga koʻra, Javberdiyev ijrosidagi kaver YouTubedan oʻchirilmagan.

Javberdiyev „Karvon“ qoʻshigʻini Joʻrayevdan oldin Xoliq Xursandov ijro etganini iddao qilgan. Sud ishi ochilishidan oldin Javberdiyev Joʻrayevning oʻgʻli Zohirshoh Joʻrayev bilan janjallashgani haqida xabar tarqalgan. Shoir Azimning oʻzi esa Javberdiyev qoʻshiqni kaver qilishga ruxsat soʻrab u bilan aloqaga chiqqani, ammo bunga ruxsat bermaganini aytgan. Sudga daʼvo arizasini Joʻrayev yoki Azim emas, balki Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati kiritgan[2]. Arizada „Karvon“ qoʻshigʻi bilan bir qatorda, Joʻrayev ijro etgan „Gulbadan“ va „Atirgulim“ qoʻshiqlari ham iznsiz ijro etilgani aytilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 23-iyul, 2022-yil(2022-07-23) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.