Kartoshka nematodasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kartoshka nematodasi (Hetero dea rostochiensis) — yumaloq chuvalchanglar oilasiga mansub parazit chuvalchang . Tanasi choʻziq, ikki uchi ingichka, avval oq, keyinroq sariq, oxiri jigarrang boʻladi. Voyaga yetgani 1,1 — 1,2 mm, erkagi urgʻochisidan kichikroq. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 250 mk. Asosan, kartoshka tuganagini zararlaydi. Zararlangan urugʻlikdan koʻkarib chiqqan poyaning pastki qismi (yerdan 10 sm gacha boʻlgan qismi) yorilib, yaralanadi, ostki barglar sargʻayadi, soʻlib, toʻkiladi, hosili kamayadi. Kartoshka saqlanayotgan ombor harorati 5° dan oshib ketsa, kartoshkadan nematoda tuxum qoʻyib koʻpayadi, bunda kartoshka poʻsti yoriladi, lichinkalar sogʻlom kartoshkani zararlaydi, natijada koʻp kartoshka chirib ketadi. Kurash choralari: tashqi va ichki karantin; almashlab ekish; kuzda kartoshka ekiladigan maydonlarga nematitsidlar (geterofos, tiazon, karbation) solish.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil