Kartoshka fri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ʻʻʻKartoshka friʻʻʻ (kartoshka + fransuzcha: frite — qovurilgan) — frityurda qovurilgan kartoshka qalamchalari. Alohida taom yoki ikkinchi taom uchun garnir sifatida qoʻllaniladi. Umumiy ovqatlanish joylarida mashhur tezpishar taomdir.

Umumiy ovqatlanish joylaridagi sanoat frityurnitsalarida kartoshka-fri tayyorlash

Tayyorlash texnologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frityurda hayvon yoki oʻsimlik yogʻi (yoki ularning aralashmasi teng nisbatda) ishlatiladi. Kartoshka va yogʻning nisbati 1:4 ni tashkil qiladi. Pishirishning birinchi bosqichida kartoshka archiladi va 10x10 dan 12x12 mm gacha oʻlchamda qalamchasimon toʻgʻraladi. Sirtidan kraxmalni yoʻqotish uchun suvda yuviladi[1][2]. Keyin kartoshkani bir yoki ikki bosqichda qovurish mumkin. Oshpazlar odatda ikki marta qovurish usuli eng yaxshi natija beradi, deb hisoblaydi[1][3][4]. Yangi qazilgan kartoshkaning suvi juda koʻp boʻlishi mumkin, bu esa yangi kartoshka yaxshi qovurilmaydi, degani. Shuning uchun maʼlum muddat saqlangan kartoshka maʼqulroq koʻriladi[5].

145-150 °C haroratda 1,5-2 daqiqa davomida qovurib olinadi. Qalamchalar rangi oqdan sargʻish ranggacha boʻladi. Qovurilgan kartoshkadan ortiqcha yogʻ silqishi uchun toʻr yoki teshikli stol ustiga qoʻyiladi va metall yoki yogʻoch qutilarga joylanadi.

Ikkinchi bosqichda kartoshka bevosita isteʼmoldan oldin 4-5 daqiqa davomida 175-180 °C da qovuriladi yoki pechda 10-15 daqiqa davomida 175-180 °C da toblab pishirib tayyor holga keltiriladi. Saqlash va sotish muddati 2 sutkadan ortiq emas[6].

Bir martada tayyorlash: toʻgʻralgan kartoshka yuviladi va salfetkada quritiladi. Usti qizargunga qadar 8-10 daqiqa davomida qovuriladi. Elakka yoki suzgichga (ortiqcha yogʻni oqizib yuborish uchun) solinadi va tuz sepiladi[7].

Dunyoning turli mamlakatlarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki bosqichda qovurilgan kartoshka fri, asosan, sanoat sharoitida ishlab chiqariladi: birinchi qovurishdan keyin ular muzlatilgan holda saqlanadi va bevosita tayyorlash joylariga yetkazib beriladi. Dunyodagi eng yirik kartoshka fri ishlab chiqaruvchilari[8]:

  1. Kanada bayrogʻi Kanada
  2. AQSH bayrogʻi AQSh Lamb Weston i eyo filiali i dochernie predpriyatiya v Kitae, Yevrope i t. d.
  3. AQSH bayrogʻi AQSh J.R. Simplot Company (osnovatel — D. R. Simplot)
  4. Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya Aviko
  5. Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya Farm Frites International

Lotin Amerikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lotin Amerikasi kartoshkaning kelib chiqish, joyi boʻlib, kartoshka fri haqida eng qadimgi manbalar Lotin Amerikasi bilan bogʻliq. Birinchi hujjatlashtirilgan ishlardan biri chililik kriollo Fransisko Nunes de Pineda y Baskunyanning Cautiverio feliz (1673) asarida eslangan boʻlib, u Mapuche ayollari 1629-yilgi Rojdestvoda kechki ovqat uchun „qovurilgan va dimlangan kartoshka“ tayyorlaganliklarini aytadi[9].

Hozirgi vaqtda kartoshka fri Lotin Amerikasi oshxonasida odatiy garnir yoki Perudagi salchipapa yo Chilidagi chorrillana kabi kattaroq taomlarning bir qismidir.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qovurilgan kartoshka
  • Kartoshka fri muzeyi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Saint-Ange, Evelyn and Aratow, Paul (translator) La Bonne Cuisine de Madame E. Saint-Ange: The Essential Companion for Authentic French Cooking. — Larousse, translation Ten Speed Press, 2005. — С. 553. — ISBN 978-1-58008-605-9
  2. Fannie Farmer, ʻʻThe Boston Cooking-School Cook Bookʻʻ, 1896, ʻʻs.v.ʻʻ
  3. Blumenthal, Heston. „How to cook perfect spuds“ (17-aprel 2012-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2012-yil.
  4. Bocuse, Paul La Cuisine du marché. — Paris: Flammarion, 1998. — ISBN 978-2-08-202518-8
  5. „Russet Burbank“. idahopotato.com. Qaraldi: 9-yanvar 2018-yil.
  6. Товарный словарь 1961.
  7. Краткая энциклопедия домашнего хозяйства 1959.
  8. „Global Market Value. Largest Manufacturers. How French Fries are made... And MUCH more!“ (en). www.potatopro.com. Qaraldi: 14-yanvar 2022-yil.
  9. "Capítulo XX". Cautiverio feliz y razón de las guerras dilatadas de Chile. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Картофель жареный // Товарный словарь. Том 9 / Гл. ред. И.А. Пугачев. — M.: Госторгиздат, 1961.
  • Картофель (картофель жареный) // Краткая энциклопедия домашнего хозяйства. Том 1. — M.: Большая советская энциклопедия, 1959. — С. 246—247. — 772 с.