Kartoshka ekkich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kartoshka ekkich - unib chiqqan (kurtaklar chiqargan) va unmagan urugʻlik kartoshka donalarini oddiy usulda qatorlab ekishga, ayni vaqtda joʻyaklarni ochishga moʻljallangan mashina. Bunker, ekish apparatlari, kartoshkani tuproqqa koʻmuvchi va joʻyak ochuvchi ish organlari, tayanch gʻildiraklardan iborat. Ish vaqtida bunkerdagi urugʻlik kartoshkani choʻmichli apparat olib, soshnikka tashlaydi. Soshnikdan tushgan kartoshkani urugʻ koʻmuvchi apparatlar koʻmib, 70 yoki 90 sm li joʻyak ochib ketadi. K. e.ning kartoshkani ekish bilan bir vaqtda oʻgʻit solib ketadigan olti, sakkiz qatorli xillari ham bor. K. e. 40 — 70 kVt quvvatli traktorlarga agregatlanib ishlatiladi. Oʻzbekistonda "Oʻzqishlokxoʻjalikmashxolding" kompaniyasi 2 va 4 qatorlab ekadigan KS-2 va KS-4 rusumli mashinalarni ishlab chiqaradi. Ish unumdorligi: KS-2 — 0,63 ga/soat va KS-4 - 1,28 ga/soat. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil