Karpov Vladimir Vasilyevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karpov vv.jpg


Karpov Vladimir Vasilyevich (1922.28.7, Orenburg) — rus yozuvchisi. 2-jahon urushi qatnashchisi va urush Qahramoni (1944-yilning, 6-iyul). Toshkent harbiy bilim yurti (1942), harbiy akademiya (1947) va Moskvadagi adabiyot institutini (1954) tugatgan. 1930 — 1959, 1968—73 yillarda Toshkentda yashagan va ishlagan. Harbiylar hayotidan hikoyalar, qissalar, romanlar („Mangu jang“, 1967; „Marshallik nishoni“, 1970; „Tirik olinsin!“, 1975) va „Sarkarda“ (1984) hujjatli qissasini yozgan. „Marshal Jukov, uning safdoshlari va dushmanlari urush va tinchlik yillarida“ (1989) kitobi muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekistan Davlat mukofoti laureati (1970).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil