Karpini Jovanni da Plano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Karpini Jovanni da Plano (1182-1252) — italiyalik sayyoh va rohib. Moʻgʻullarning gʻarbga qilgan istilosidan soʻng Rim papasi Innokentiy IV tomonidan (1245-yilgi Lion sobori topshirigʻiga koʻra), josuslik maqsadida yuborilgan elchilarga bosh boʻlgan (12451247). Liondan safarga chiqib, Janubiy Rossiya, Xorazm, Yettisuv, Tarbagʻatoy orqali qoon oʻrdasiga, Qoraqurumga kelgan. Bu yerda u moʻgʻul zodagonlarining buyuk qoon saylash marosimi — qurultoyida qatnashadi va Oʻqtoyxonning oʻgʻli Guyukxonning taxtga oʻtirish marosimida qatnashgan. Karpini vataniga qaytayotganda Botuxon qabulida boʻlgan, 1247-yili Guyukxon xati bilan qaytib kelgan. Safar hisobotini „Libellus historicus“ asarida bayon etib, unda Karpini koʻrgan joylari, xususan, Movarounnahrning geografiyasi, xalqlari haqida maʼlumotlar toʻplagan. Xorazm, Qizilqum, Amudaryo, Sirdaryo, Tyan-Shan togʻlari haqida umumiy tushunchalar bergan. Yevropaliklar Sharq madaniyatiga oid maʼlumotlarni birinchi marta Karpini asarlaridan olgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil