Karnak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Karnak, Ipet-Isut - qad. Misr ibodatxonalar harobasi. Qad. Fiva hududidagi arab qishlogʻi nomi bilan atalgan. Misr davlatining yangi podsholik davri (mil. av. 1580—1085 y.lar)da qurilgan ibodatxonalar qoldiqlari saqlangan (mil.av 16—11-asrlar). Ibodatxonalar murakkab tarkibi, hashamatli meʼmoriy tuzilishi bilan ajralib turadi. Amon-Ra ibodatxonasi (mil. av. 16—12-asrlar)dagi 134 kolonnali katta zali, koʻndalangiga turli davrlarda qayta qurilgan katta va kichik zallar, hovlilar diqqatga sazovor. Bu zal devorlarida firʼavnlarning urushdagi gʻalabalari tasvirlangan (meʼmori Aminxotep Kichkina). Amon-Ra ibodatxonasi majmui bilan maʼbuda Mut ibodatxonasi (mil. av. 16—15-asrlar)ni mashhur sfinkslar xiyoboni birlashtirib turadi. Hozir K. muzeyga aylantirilgan. YUNESKO tomonidan muhofaza qilinadi.

Karnak. Ammon-Ra ibodatxonasi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil