Karlovi-Vari tuzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karlovi-vari tuzi, Karlsbad tuzi — Chexiyadagi Karlovi-Vari kurortining mineral buloklaridan olinadigan tuz. Sunʼiy yoʻl bilan ham tayyorlanadi, uning tarkibida natriy sulfat, natriy gidrokarbonat, natriy xlorid, kaliy sulfat bor. K.-V.t. — oq kukun, mazasi taxir-shoʻr, suvda yaxshi eriydi. Jigarning baʼzi kasalliklari, surunkali gastrit, meʼdaning yara kasalligida buyuriladi, shuningdek, surgi oʻrnida ichiladi. Uyquga yotishdan oldin yoki nahorga yarim stakan suvga 1 choy qoshiq (bolalar uchun) yoki 1 osh qoshiq (kattalar uchun) solib ichiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil