Karina Evn
Karina Evn | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
Karina Khachaturovna Akopyan 16-avgust 1997-yil |
| Janrlar |
|
| Kasbi | xonanda, qoʻshiqnavis |
| Faoliyat yillari | 2013–hozirgacha |
| Veb-sayt | karinaevn |
Karina Khachaturovna Akopyan (armancha: Կարինա Խաչատուրի Հակոբյան; 1197-yil 16-avgustda tugʻilgan) – Karina Evn yoki Karina EVN nomi bilan tanilgan rus-arman qoʻshiqchisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akopyan 1997-yil 16-avgust kuni Rossiyaning Moskva shahrida arman oilasida dunyoga kelgan. Sakkiz yoshida № 4 musiqa maktabiga oʻqishga kirib, pianino chalish boʻyicha taʼlim ola boshlagan[1].
2013-yilda Akopyan Gnesin nomidagi pop-jazz kollejiga oʻqishga kirgan. Xuddi shu yili oʻzining birinchi vokal tanlovi „Yangi asr yulduzlari“da ishtirok etib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Shu yilning oʻzida „Ostankinoning oltin ovozi“ tanlovida ham qatnashib, „Tomoshabinlar tanlovi“ mukofotiga sazovor boʻlgan[2].
2014-yilda Akopyan „Ostankino oltin ovozi“ tanlovida Gran-pri mukofotini qoʻlga kiritgan. 2014-yil may oyida „X Factor Armenia“ loyihasida ham ishtirok etgan, biroq sochlari toʻkila boshlagach, tanlovdagi ishtirokini davom ettirishdan bosh tortgan. Shifokorlar unga toʻliq alopesiya (soch toʻkilishi) tashxisini qoʻygan[3].
2015-yil may oyida Evn oʻzining ilk yakkaxon yoʻnalishdagi „I Canʼt Take More“ (tarjimasi „Bunga ortiq chiday olmayman“) qoʻshigʻini taqdim etgan[4]. 2016 yilda uning „Light up“, „My Armenia“, „Happy Birthday“, „Wedding Waltz“, „Hayastane maern e“, „Rossiya“ va „Broken dream“ kabi qoʻshiqlari chiqarilgan[5].
2017-yilda Evn ilk bor „Bad Boys Blue“ guruhining sobiq vokalisti Kevin McCoy bilan duet ijro etgan. Ushbu qoʻshiq premyerasi Kreml Davlat Saroyida boʻlib oʻtgan[6][7][8]. Xuddi shu yili uning „Leto“ (Yoz) va „Vsyo Zashibis“ (Hammasi zoʻr) qoʻshiqlari ham taqdim etilgan va iTunes chartlarida oʻz oʻrniga ega boʻlgan[9].
2018-yilda xonanda oʻzining „I Wish You“ va „Origami Heart“ qoʻshiqlarini taqdim etgan[10]. 2018-yilning 26-may kuni „Fusion of Words“ (Soʻzlar uygʻunligi) hip-hop festivalida ishtirok etgan va ikkinchi oʻrinni egallagan[11].
2019-yilda Evn TNT telekanalida efirga uzatilgan „SONGS“ loyihasining ikkinchi mavsumida qatnashgan. Loyiha prodyuserlari Basta va Timati edi. U dastlabki kastingdan muvaffaqiyatli oʻtib, yana ikki bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan[12][13]. Shou davomida Eva oʻzining „Come with Me“ va „Impossible“ nomli qoʻshiqlarini ijro etgan. Keyinchalik ushbu qoʻshiqlar uchun klip ham suratga olingan. Shuningdek, „Come with Me“ qoʻshigʻi iTunes reytingida 4-oʻrinni egallagan[14].
Evn 2020-yilda Armaniston nomidan „Yevrovideniye“ tanlovida ishtirok etish uchun oʻtkazilgan tanlovning 12 nafar finalchisi qatoriga kirgan[15]. Biroq uning ijrosidagi „Why?“ (Nega?) nomli qoʻshigʻi yakuniy tanlovda gʻolib deb topilmagan[16].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Karina Evn-ը երգարվեստում իր հաջողությունների մասին – Լուրեր Հայաստանից – Թերթ.am“. tert.am. 2019-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Карина Эвн (Karina Evn) – биография участницы 2 сезона шоу "Песни"“. freshmus.ru. 2019-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „music.я.ws/artist/karina-evn“. music.я.ws. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Не могу больше – Карина Эвн/Karina Evn“ (2015-yil 2-may). Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Карина Эвн (Песни 2) – какова биография, личная жизнь, Инстаграм, нац-ость?“. bolshoyvopros.ru. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Karina Evn & Kevin McCoy – Love in My Car – Amazon.com.com Music“. Amazon. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Karina Evn & Kevin McCoy Love in my car /Премьера /(Official Music Video) 2017 4K“ (2017-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „shamshyan.com/hy/article/2017/02/06/1058078“. shamshyan.com. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Ինստագրամում իր անկեղծությամբ տպավորած Կարինա EVN-ն ու հումորային տեսանյութերով հայտնի Ռոման Կագրամանովը' Երևանում – Լուրեր Հայաստանից – Թերթ.am“. tert.am. 2019-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Карина ЭВН с концертом в "Известия-Холл"“. old.yapoyu.com. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „"Песни 2" նախագծի ամենավառ մասնակիցները' Կարինա EVN-ը և Ռոման Կագրամանովը Երևանում բարեգործական համերգով կներկայանան“. BlogNews.am. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „kriptorun.ru/?p=700“. kriptorun.ru. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „В 2-й сезон шоу "ПЕСНИ" на ТНТ пришла 21-летняя Karina Evn, страдающая редким заболеванием – Вокруг ТВ.“. vokrug.tv. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „ПЕСНИ: Karina Evn — Иди со мной (сезон 2, выпуск 3) фрагмент из ПЕСНИ смотреть онлайн видео, бесплатно! — Видеохостинг Rutube“. rutube.ru (2019-yil 9-mart). Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ Ghazanchyan. „Eurovision 2020: Armenia's Depi Evratesil songs announced“ (en-US). Public Radio of Armenia (2020-yil 6-fevral). Qaraldi: 2020-yil 24-mart.
- ↑ Ghazanchyan. „Athena Manoukian to represent Armenia at Eurovision 2020“ (en-US). Public Radio of Armenia (2020-yil 16-fevral). Qaraldi: 2020-yil 24-mart.