Komiljon Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Karimov Komiljon Qodirovichdan yoʻnaltirildi)

Karimov Komiljon Qodirovich (tug‘. 9-sentabr, 1944), rassom, ganch va naqsh ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1967) va Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti (1973)ni tugatgan. 1967 yildan "Sharq guli" fabrikasida naqqosh, 1974-yildan Toshkent kulolchilik zavodida naqqoshlar brigadasi boshligʻi, 1987-yildan "Us to" birlashmasida rassom. K. anʼanaviy uslubda bezagan jamoat binolari, majmualarda ganch va yogʻoch oʻymakorligini uygʻunlashtirib ajoyib goʻzallik va joziba yaratdi, milliy anʼanalarni turfa xil yangi shakllar bilan boyitdi: Toshkent sirki (1974), Xalqlar doʻstligi saroyi, Toshkent metropolitenining "Xalqlar Doʻstligi bekati" (1976), Leypsig shahri (Germaniya)dagi "Oʻzbekistan" choyxonasi va b. ni anʼanaviy naqshlar bilan jozibali bezagan, meʼmoriy yodgorliklar (jumladan, Baroqxon meʼmoriy majmuasi, 1974 va b.) ni taʼmirlashda ustalar guruhiga boshchilik qilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil