Kariatida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kariatida (yunoncha: Karyatides) - Karia (Yunoniston)dagi Artemida ibodatxonasi kohinasi — toʻsinli tomlarni koʻtarib turuvchi ayol qiyofasidagi haykal-ustun. Meʼmorlikda K.dan bezak sifatida foydalanilgan. K.ning kanefora deb nomlangan xili ham boʻlib, u gul yoki meva bilan toʻldirilgan savatni boshida koʻtarib turuvchi ayolni eslatadi. Qad. davr va 17—19-asrlarda Yevropa meʼmorligida bezak sifatida keng rasm boʻlgan. Ioniy orderitsagi ustunlar ayol qiyofasiga oʻxshatilgan. Ad.: Voronina V. L., Kariatidi v arxitekture Sredney Azii, M, 1960.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil