Karfagen jangi
| Karfagen jangi | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||||
| Umaviylar xalifaligi | Vizantiya imperiyasi
| ||||||||
| Kuchlar | |||||||||
| 40 000 | nomaʼlum | ||||||||
Karfagen jangi – milodiy 698-yilda Vizantiya imperiyasi harbiy kuchlari va Umaviylar xalifaligi qoʻshinlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang. Musulmonlarning Magʻribga istilosining asosiy bosqichlaridan biri boʻlib, Vizantiya kuchlarining qarshiliklariga barham bergan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arablarning Shimoliy Afrikani zabt etish boʻyicha ikkinchi yurishi davomida Umaviylar xalifasi Abdulmalik tomonidan yuborilgan kuchlar Afrikaning Rim viloyatiga chuqur kirib bordi va u yerda Qayravon deb nomlangan harbiy baza tashkil qildi. Biroq Umaviylar xalifaligining shimoli va sharqida boshqa mojarolar davom etayotganligi sababli bu bosqinchilik kuchlari boshqa hududlarga koʻchirilishga majbur boʻldi. Yuzaga kelgan mavjud vaziyatdan foydalanib, mintaqadagi Vizantiya va Berber kuchlari Umaviylarning qoʻshinlarini hududdan siqib chiqarib, ularni qaytadan Kirenaikaga chekinishga majbur etdi[1].
Tarixchilarning taʼkidlashicha, Abdulmalik 40 ming kishidan iborat boʻlgan qoʻshinga bosh qoʻmondon etib Hasan ibn an-Noʻmonni tayinladi va bu qoʻshin yoʻqotilgan hududlarni qayta zabt etishi va Vizantiya hamda Berberlarga tegishli qolgan viloyatlarni ham bosib oʻtishi kerak edi[2]. Tripolitaniyaga qayta yurish boshlagan Hasan avvalo berberlar bilan shugʻullanishni maqsad qildi. Tripolitaniya va Afrika hududidagi berberlarni boʻysundirish Hasanga va uning qoʻshiniga viloyatlarning ichki qismlariga kirish imkonini berdi, shu bilan birga qirgʻoq zonalari hali ham Vizantiya nazoratida edi. Hasan Qayravonni qayta qoʻlga kiritgach, u va uning qoʻshini bu mustahkamlangan shaharda oʻz kuchlarini toʻplab, Karfagenga yurish qilishga tayyorgarlik koʻra boshladilar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kennedy, Hugh. The Great Arab Conquests: How the Spread of Islam Changed the World We Live In (en). Cambridge: Da Capo Press, 2007 — 215–220-bet. ISBN 9780306817403.
- ↑ Gibbon, Edward „LI – The Conquest Of Persia, Syria, Egypt, Africa, And Spain, By The Arabs Or Saracens. — Empire Of The Caliphs, Or Successors Of Mahomet. — State Of The Christians, &c., Under Their Government.“, . The Decline and Fall of the Roman Empire (en), London, 1776–1788.