Karbamin kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karbamin kislota, H2NCOOH — karbonat kislotaning amidi. Mol.m. 61,04. Erkin xrlda uchramaydi. Hosilalaridan K. k. efirlari (uretanlar), amidi (mochevina), gidrazidi (semikarbazid), tuzlari (karbamatlar) va galogen angidridlari maʼlum. Mas, ammoniy karbamat (H2NCOONH4) — gigroskopik kristall modda. Suvda, etanolda yaxshi, suyuq ammiakda yomon eriydi. 59° da karbonat angidrid (SO2) va gaz holatdagi ammiak (NH3)ra parchalanadi. SO2 va NH3 ni oʻzaro taʼsir ettirib olinadi. Karbamatlar olishda ishlatiladi. K. k. xlorangidridi (karbamoilxlorid) H2NCOC12 — suyukqik, qaynash temperaturasi 61—62° (ajralish bilan); saqlanganda sianur kislota va HClra ajraladi. Ammoniy xlorid yoki ammiakka fosgen taʼsir ettirib olinadi, mas.,IN4S1 + SOS12 -^ NH2COC1 + 2HC1. Organik birikmalarga CONH2 guruhini kiritish uchun qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil