Aminoplastlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Karbamid plastiklardan yoʻnaltirildi)

Aminoplastlar, karbamid pla-stiklar – sintetik smolalar asosida tayyorlangan plastmassalar. A. formal-degid bilan aminoguruhli organik birik-malarning polikondensatlanishi nati-jasida hosil boʻladi. A. olishda tuldi-ruvchi sifatida boshqa materiallar, mas, yogʻoch qipigʻi, sellyuloza ishlatiladi. A.ni har xil rangga boʻyash mumkin. Ulardan tayyorlangan. (uyumlar kuchsiz kislota va ishqorlar, surkov moylari, spirt, atse-ton, benzol, benzin, kerosin va boshqa erituvchilar ta’siriga chidamli, lekin kuchli kislota va ishqor ularni parchalaydi. A. elektr tokini oʻtkazmaydigan qoplovchi koshinlar tayyorlashda, turli buyumlarni yelimlashda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil