Karamanoğlu Mehmed Bey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Karamanoğlu Mehmed Bey
turkcha: Karamanoğlu Mehmet Bey
usmonli turkcha:
قارامان اوغلو محمد بك'
KaramanoğluMehmed1.png
Karamanoğlu Mehmed Bey
Karamanoğulları beki
Saltanat 1261-1277
Oʻtmishdoshi Kerimüddin Karaman Bey
Davomchisi Güneri Bey
Tugʻilishi 1240-yil
Larende
Vafoti 1277-yil 20-iyun
Koʻniya
Uy Karamanoğulları
Otasi Kerimüddin Karaman Bey
Dini Sunni Islom

Karamanoğlu Mehmed Bey[1] yoki Şemseddin Mehmed Bey (turkcha: Karamanoğlu Mehmet Bey, usmonli turkcha: قارامان اوغلو محمد بك) — Karamanoğulları bekligining asoschisi Kerimüddin Karaman Beyning eng katta oʻgli boʻlib, beklikni 1261-1277-yillarda boshqargan[2][3].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehmed Bey 1240-yilda Larendrada tugʻilgan boʻlib, 1277-yilda 37 yoshida Koʻniyada vafot etgan. Mehmet Bey harbiy va maʼmuriy bilimga ega davlat arbobi boʻlib, oʻz atrofiga olimlarni toʻplab, ularga katta ahamiyat bergan.

XIII asr oʻrtalarida saljuqiylar davlat ishlarida fors tilidan foydalangan boʻlib, xalq esa oʻz ona tili boʻlmish turk tilida gaplashgan. Mehmet Bey millat boʻlib birga yashashning birinchi sharti boʻlgan til birligini taʼminlash zarurligini yaxshi bilgan. Bu ittifoqni amalga oshirish uchun Toros togʻlarida yashovchi barcha turkman qabilalarini oʻz atrofiga toʻplab, qoʻshin tuzadi.

Mehmed Bey oʻziga qarshi yuborilgan saljuqiy va moʻgʻul qoʻshinlarini magʻlub etib, Koʻniya'ga kirdi. Bu yerda yashovchi saljuqiy turklar Karamanoğlulari bilan birlashdilar. Qisqa vaqt ichida Konya viloyati va baʼzi atrofidagi viloyatlar Karamanoʻgʻullari tasarrufiga oʻtdi. Keyinchalik Saljuqiylar sultoni Izziddin Keykavusning oʻgʻli ekanligini daʼvo qilgan Cimriyni (Gʻiyosiddin Siyovush) hokimiyatga olib kelgan Mehmet Bey oʻzi vazir deb eʼlon qildi. Mehmed Bey dastlab moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻp marta gʻalaba qozonib, muvaffaqiyatli qarshilik koʻrsatgan boʻlsa-da, ammo keyingi janglarning birida ikki ukasi bilan birga halok boʻlgan. U hukmdorligining oxirgi davrida turk tilini rasmiy til deb eʼlon qilish toʻgʻrisida farmon berdi. Bu farmoda „Bugundan boshlab hich kim devonda, dargohda, bargohda, majlista va xatto hamma yerda turk tilidan boshqa soʻz soʻzlamaydi.“ deb yozilgan boʻlib, Mehmed Bey, nafaqat siyosiy va harbiy gʻalabani, balki madaniy gʻalabani ham qoʻlga kiritdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. İsmail Hakkı Uzunçarşılı, Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri, T.T.K.. Basımevi, Ankara, 1969
  2. TDV İslam Ansiklopedisi, cilt: 28,  sayfa: 445
  3. Faruk Sümer, „Karamanoğulları“, TDV Diyanet İslam Ansiklopedisi, Ankara 2001, c. XXIV, s. 454-460.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Kerimüddin Karaman Bey
Karamanoğulları beki
1261-1277
Vorisi:
Güneri Bey