Karaman eyaleti
| Karaman eyaleti | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1483–1864 | |||||||||
Karaman eyaleti 1609-yilda | |||||||||
| Maʼmuriy markaz | Konya (1483–1522), (1562–1864)[1], Kayseri (1522–1562) | ||||||||
| Tarixi | |||||||||
• Tashkil etilgan |
1483 | ||||||||
• Disestablished |
1864 | ||||||||
| |||||||||
| Hozirda tarkibida | Turkiya | ||||||||
Karaman eyaleti (ایالت قرهمان (ota))[2] – Usmoniylar imperiyasining boʻlinmalaridan biri. XIX asrda maydoni taxminan 30,463 kvadrat milya (78,900 km2) boʻlgan[3].
1468-yilda ilgari mustaqil boʻlgan Karaman amirligi Usmoniylar tomonidan qoʻshib olingan. Mehmed II yangi eyaletga oʻz oʻgʻli Mustafoni hokim etib tayinlagan, uning maʼmuriy markazi Konyada joylashgan[4].
Maʼmuriy boʻlinmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1700–1740-yillarda eyalet yetti sanjakdan iborat edi[5]. Ular Konya, Niğde, Kayseri, Kırşehir, Beyşehir, Aksaray va Akşehir sanjaklaridir.
Eyalet tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XVII asrda Karaman beylerbeyligi hududi 78.518 km²ni tashkil qilgan. Bugungi Turkiya Respublikasi maʼmuriy tuzilmasiga koʻra, hudud 6 viloyatni qamrab olgan: Konya, Aksaray, Niğde, Kayseri, Nevşehir va Kırşehir. 1468-yilda eyaletda 6 ta sanjak mavjud boʻlgan: Konya posho sanjagi, Beyşehir, Aksaray, İçil (1845–1887-yillar orasida hudud markazi Ermenek boʻlgan davrni hisobga olmaganda, uning maʼmuriy markazi Silifke boʻlgan), Niğde va Kayseri. Akşehir sanjagi 1518-yilda tashkil etilgan. 1527-yilda Karaman eyaleti Konya, Kayseri, İçil, Niğde, Beyşehir, Aksaray va Maraş sanjaklaridan iborat boʻlgan. 1554-yilda Bozok sanjagiga qarashli Rum viloyatining tumanlardan biri boʻlgan Kırşehir sanjakka aylantirilib, uning tarkibiga qoʻshilgan. 1571-yilda eyalet yetti sanjakka boʻlingan: Konya, Niğde, Kayseri, Aksaray, Akşehir, Beyşehir va Kırşehri. Shu yili İçil sanjagi Kipr viloyati tarkibiga qoʻshilgan. 1839-yilda Kayseri sanjagi markazi Yozgat boʻlgan Bozok viloyatiga biriktirilgan. 1864-yilda qabul qilingan Viloyat Tashkiliyati Qoidalariga muvofiq, uning nomi Konya viloyati deb oʻzgartirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Commercial statistics: A digest of the productive resources, commercial... By John Macgregor, s. 12, Google Booksda
- ↑ „Some Provinces of the Ottoman Empire“. Geonames.de. 2013-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-fevral.
- ↑ The Popular encyclopedia: or, conversations lexicon, Volume 6, s. 698, Google Booksda
- ↑ Imber, Colin „The Ottoman Empire, 1300–1650: The Structure of Power“ 179 (2002). 2014-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Orhan Kılıç, XVII. Yüzyılın İlk Yarısında Osmanlı Devleti’nin Eyalet ve Sancak Teşkilatlanması, Osmanlı, Cilt 6: Teşkilât, Yeni Türkiye Yayınları, Ankara, 1999, ISBN 975-6782-09-9, p. 93. (turkcha)
- Former country articles requiring maintenance
- Anadolu hududidagi Usmoniylar imperiyasi eyaletlari
- Aksaray viloyati tarixi
- Karaman viloyati tarixi
- Kayseri viloyati tarixi
- Kırşehir viloyati tarixi
- Konya viloyati tarixi
- Nevşehir viloyati tarixi
- Niğde viloyati tarixi
- 1480-yillarda Usmoniylar imperiyasida tashkil etilganlar
- 1483-yilda Osiyo qit’asida tashkil etilganlar
- 1483-yilda Yevropa qit’asida tashkil etilganlar
- 1864-yilda Usmoniylar imperiyasida tugatilganlar
- Usmonlilar imperiyasi haqidagi chala maqolalar
- Usmonlilar imperiyasi iyolatlari