Karam va kartoshkali qovurma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tuxum bilan qovurilgan karam va kartoshka

Karam va kartoshkali qovurma (inglizcha: Bubble and squeak) — sabzavotlar qovurib tayyorlanadigan anʼanaviy ingliz taomi. Odatda, yakshanba kuni tushlik dasturxoniga tortiladi.

Masalliqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taomning asosiy masalligʻi karam va kartoshkadir. Unga sabzi, noʻxat, Bryussel gulkarami yoki boshqa har qanday sabzavotni qoʻshish mumkin.

Pishirish texnologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tugʻralgan sabzavotlar (sovutilgan qiyma goʻshtini ham qoʻshsa boʻladi) tovada kartoshka pyuresi yoki tugʻralgan kartoshka bilan birga aralashtirib, tilla rangga kirgunicha qovuriladi.

Ingliz tilidan soʻzma-soʻz tarjima qilinganda taom nomi „pufak va chiyillash“ degan maʼnoni anglatadi. Bu nom qovurish paytida karamning turli tovushlarni chiqarishidan paydo boʻlgan[1]. Taom koʻpincha sovuq goʻsht (Yakshanba kuni qovurilgan), marinad yoki sous bilan yoki toʻliq Irlandiya nonushtasining bir qismi sifatida dasturxonga tortilgan.

Ilgari qovurmaga anʼanaviy ravishda goʻsht qoʻshilgan boʻlsa, bugungi kunda koʻpincha goʻshtsiz tayyorlanadi. Ushbu taomning eng qadimgi maʼlum retsepti 1806-yilda Mariya Eliza Kettleby Rundell[2] tomonidan yozilgan "Uyda pishirishning yangi tizimi" oshxona kitobida qayd etilgan.

Qovurilgan karam va kartoshka asosan Angliyada (Shotlandiya va Irlandiyada[3] shunga oʻxshash taomlar mavjud), baʼzi boshqa Hamdoʻstlik mamlakatlarida va AQShda tayyorlanadi.

Karam va kartoshka qovurmasi Ikkinchi jahon urushi davrida mashhur boʻlgan, chunki uni tayyorlash oson edi. Taom uchun har qanday mavjud sabzavotlar olinadi. Bu ayniqsa oziq-ovqat tanqisligi yillarida, meʼyor belgilanganida qoʻl kelgan edi.

Shunga oʻxshash taomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli mamlakatlarda ingliz qovurmasiga oʻxshash taomlar mavjud:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Pickett, Joseph P. (2000), American Heritage Dictionary of the English Language, Houghton Mifflin
  2. „Rundell, Maria Eliza Ketelby (1808). Bubble and Squeak. In A new system of domestic cookery:Third edition. p. 42“. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-dekabr.
  3. „Scottish Recipes: Rumbledethumps Recipe“. 2014-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-dekabr.