Kaptarxona gʻori (Kitob tumani)
Qiyofa
Kaptarxona gʻori - Qoratepa togʻ tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻridagi (Kitob tumani) gʻor, 1050 m balandlikda joylashgan. Silur davri ohaktoshlaridan tarkib topgan. Fop ogʻzi janubi-gʻarb tomonga qaragan. Ichida bir qancha yoʻlaklar va xonalar mavjud. Sahni tosh parchalari aralashgan gillar bilan qoplangan. Devorlarida kalsiy mineralidan tashkil topgan hosilalar uchraydi. Gʻorda koʻplab koʻrshapalak va yovvoyi kaptarlar yashaydi (nomi shundan). Gʻorning umumiy uz. 54 m, maydon 310m2, hajmi 3080 m3 dan ziyod. Yoʻlakchalarning uz. 3 m, eni 1 m, balandligi 0,8 m gacha. Xonalarning uz. 29 m, eni 3,4 m, balandligi 17 m gacha.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |