Birinchi qasoskor: Qish askari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kapitan Amerika: Qish askaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Birinchi qasoskor: Qish askari
Captain America: The Winter Soldier
Captain America The Winter Soldier.jpg
Chiqishli poster
Rejissor
Produser Kevin Feige
Ssenariynavis(lar)
Asosida
Rollarda
Bastakor Henry Jackman
Muharrir
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Marvel Studios
Distributor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Premyera
  • 13-mart, 2014-yil(2014-03-13)

(El Capitan kinoteatri)

  • 4-aprel, 2014-yil(2014-04-04)

(AQSh)

Davomiyligi 136 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Budjet $170–177 million[2][3]
Daromad $714.4 million[2]

Birinchi qasoskor: Qish askari (inglizcha: Captain America: The Winter Soldier) 2014-yilda katta ekranlarga chiqqan, Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Kapitan Amerika qahramoniga asoslangan superqahramon janridagi Amerika filmi boʻlib, kartina Marvel Studios mahsuloti hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgandir. Film Birinchi qasoskor (2011) filmi davomi hamda Marvel Kinematografiya Koinoti (MKK) ning toʻqqizinchi toʻliq hajmli filmdir. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Cobie Smulders, Frank Grillo, Emily VanCamp, Hayley Atwell, Robert Redford va Samuel L. Jackson kabi aktyorlar jonlantirishgan.

Birinchi qasoskor: Qish askari filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2014-yil 13-martda boʻlib oʻtdi, AQShda esa MKKning Ikkinchi fazasidagi bir film oʻlaroq 4-apreldan boshlab kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film umumjahon boʻylab $714 million mablagʻ yigʻdi. Ushbu koʻrsatkich bilan kartina 2014-yilda ishlangan filmlar orasida yettinchi eng kassabop film boʻldi. Ushbu kartina davomi sanalmish Birinchi qasoskor: Qarshilik 2016-yilda chiqarildi.

Sujet[tahrir]

New Yorkdagi urushdan ikki yil oʻtib, Steve Rogers Washingtondagi Q.A.L.Q.O.N. josuslik agentligida faoliyat yuritadi hamda zamonaviy jamiyatga moslashadi. Missiya davomida agent Natasha Romanoff va terrorizmga qarshi tashkilot sanalmish S.T.R.I.K.E. agenti Brock Rumlow boshchiligidagi guruh Q.A.L.Q.O.N. kemasida parvoz etishib, garovga olinganlarni ozod qilish uchun Georges Batroc boshchiligidagi qaroqchi kema tomon oshiqishdi. Bu orada, Rogers Romanoffning boshqa maqsadi borligini aniqlaydi, yaʼni bu maqsad kemadagi kompyuterlardan maʼlumotlarni olishdan iborat edi. Keyin guruh Triskelionga qaytadi, Rogers direktor Nick Furyga duch keladi va „Project Insight“ haqida koʻproq bilib oladi. Romanoff maʼlumotlarini aniqlay olmagan Fury Insight loyihasiga shubha bilan qaray boshladi hamda senior Q.A.L.Q.O.N. rasmiy va Milliy xavfsizlik kotibi Alexander Piercedan loyihani keyinga qoldirishni iltimos qiladi.

Rollarda[tahrir]

Birinchi qasoskor: Qish askari aktyorlar jamoasi 2013-yilgi San Diego Comic-Conda (CH-Oʻ: produser Kevin Feige, VanCamp, Mackie, Smulders, Jackson, Johansson, rejissorlar Anthony va Joe Russo, Evans, Grillo, Stan)

Musiqa[tahrir]

Treklar roʻyxati[tahrir]

Barcha musiqalarni bastalaganlar — Henry Jackman.

No.SarlavhaArtist(lar)Davomiyligi
1."Lemurian Star" 3:06
2."Project Insight" 1:29
3."The Smithsonian" 1:36
4."An Old Friend" 3:05
5."Fury" 4:07
6."The Winter Soldier" 6:24
7."Fallen" 2:51
8."Alexander Pierce" 2:58
9."Taking a Stand" 2:07
10."Frozen in Time" 3:52
11."Hydra" 6:46
12."Natasha" 1:12
13."The Causeway" 2:41
14."Time to Suit Up" 2:05
15."Into the Fray" 6:05
16."Countdown" 4:26
17."End of the Line" 2:51
18."Captain America" 9:41
19."It's Been a Long, Long Time" (Jule Styne, Sammy Cahn)Harry James va His Orchestra (Kitty Kallen bilan duet)3:23
20."Trouble Man" (Gaye)Marvin Gaye3:47
Jami davomiyligi:1:14:32

Sikvel[tahrir]

Birinchi qasoskor: Qarshilik filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2016-yil 12-aprelda boʻlib oʻtdi. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Robert Downey Jr., Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Don Cheadle, Jeremy Renner, Chadwick Boseman, Paul Bettany, Elizabeth Olsen, Paul Rudd, Emily VanCamp, Tom Holland, Frank Grillo, William Hurt va Daniel Brühl kabi aktyorlar jonlantirishgan.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]