Kapella (musiqa)
Qiyofa
Kapella — 1) xor jamoasi. Dastlab faqat qoʻshiqchilardan iborat boʻlgan; keyinchalik, cholgʻu musiqa rivoji natijasida vokal-cholgʻu musiqa jamoalariga aylangan. Oʻzbekistonda xor sanʼati ravnaq topib, turli xor jamoalari, shu jumladan, Oʻzbek davlat filarmoniyasi xor kapellasi (1952), Oʻzbekiston televideniyesi va radiosi xor kapellasi (1960) tashkil etilgan;
2) baʼzi maxsus orkestrlarning nomi (harbiy kapella, raqs kapellasi va boshqalar)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Kapella (musiqa)“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (K-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
| Musiqa haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |