Kapalakgul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kapalakgul (Viola hortensis grandi fl ora Witt.) — binafshadoshlar oilasiga mansub bir va ikki yillik manzarali oʻsimlik. Yevropa va Osiyoda usadi. Poyasi tuksiz. Bargi tuxumsimon, uzun bandli. Guli koʻpincha uch tusli, ikki jinsli, gulbandi uzun. Kosachabarg va tojbarglari 5 tadan, tutashmagan. Changchisi 5 ta, urugʻchisi bitta. Mevasi — koʻp urugʻli koʻsak. Erta bahordan kech kuzgacha gullaydi. K. manzarali oʻsimlik sifatida xonadonlarda, istirohat bogʻlarida oʻstiriladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil