Kanna kiyik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kanna kiyik (Taurotragus oryx) -kuvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli sut emizuvchi hayvonlarning bir turi. Gavdasining uzunligi 3,5 m, yagʻrinidan 1,8 m gacha, ogʻirligi 900 kg gacha. Dumi 60 sm gacha, uchi popukli. Shoxlari uzun, burama, tomogʻida teri burmasi bor. Juni och kulrang , sargʻish, K.k. Sharqiy va Jan. Afrikada tapqalgan; gala boʻlib yashaydi. Oʻtlar, daraxt va butalar bargi bilan oziqlanadi. Boʻgʻozlik davri 8,5—9 oy, bitta bola tugʻadi. Goʻshti va terisidan foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil