Kandaxayol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kandaxayol — chok turi; kashtadoʻzlikda keng tarqalgan. K. chokida toʻshama ip tik yoki yotiq boʻladi. 2 turi farqlanadi: toʻshama ip ustidan chatiladigan chok qiyalatib ustma-ust tushiriladi, kashta tayyor boʻlganda novdadan toʻqilgan savat kabi koʻrinadi; ikkinchi xilida kashtadoʻz birinchi qatorni oldingi kashta xili tarzida tikib chiqqach, ikkinchi va keyingi katorlarni oldingi qator ostki qismidan oʻtkazib tikadi, shu tarzda toʻshama ip ustida diagonal yoʻnalishda ilon izi chiziqlar hosil boʻladi. Yirik badiiy buyumlar (palak, soʻzana, choyshab va b.) ham shu choqda kashtali qilib bezatilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil