Kananga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kananga — Kongo Demokratik Respublikasidagi shahar, Lulua daryosi sohilida. Kasai provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 400 ming kishi chamasida (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Muhim savdo markazi. Oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati; paxta tozalash, maishiy elektrotexnika priborlarini yigʻuvchi korxonalar, issiqlik elektr st-yasi, oʻlkashunoslik muzeyi, shahar yaqinida olmos konlari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil