Kontent qismiga oʻtish

Kanada milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kanada
Shirt badge/Association crest
Tahallusi Les Rouges (Qizillar)
The Canucks
Maple Leaf jamoasi
Assotsiatsiya Kanada futbol assotsiatsiyasi (CSA)
Konfederatsiya CONCACAF (Shimoliy Amerika)
Sub-konfederatsiya NAFU (Shimoliy Amerika)
Bosh murabbiy Jesse Marsch
Sardor Alphonso Davies
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Atiba Hutchinson (104)
Eng yaxshi toʻpurar Jonathan David (42)
Uy stadioni Turli xil
FIFA kodi CAN
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
forma
Uchinchi forma
FIFA reytingi
Hozirgi 29 Decrease 2 (January 19, 2026)[1]
Eng yuqori 26 (2025-yil sentyabr)
Eng past 122 (2014-yil avgust, 2014-yil oktyabr)
Birinchi xalqaro oʻyin
 Avstraliya 3–2 Kanada 
(Brisben, Avstraliya; 1924-yil 7-iyun)
Eng yirik gʻalaba
 Kayman orollari 0–11 Kanada 
(Bradenton, Qoʻshma Shtatlar; 2021-yil 29-mart)
Eng yirik magʻlubiyat
 Meksika 8–0 Kanada 
(Mexiko shahri, Meksika; 1993-yil 18-iyul)
Jahon chempionati
Ishtiroki 3 (Ilk marta 1986-yili)
Eng yaxshi natijasi 1/16 final bosqichi (2026)
Futbol boʻyicha KONKAKAF chempionati / Oltin kubok
Ishtiroki 20 (Ilk marta 1977-yili)
Eng yaxshi natijasi Chempion (1985, 2000)
KONKAKAF Millatlar ligasi
Ishtiroki 4 (Ilk marta 2019–20-yili)
Eng yaxshi natijasi Ikkinchi oʻrin (2023)
Copa América
Istiroki 1 (Ilk marta 2024-yili)
Eng yaxshi natijasi Toʻrtinchi oʻrin (2024)
Vebsayt Rasmiy sayti

Kanada erkaklar milliy futbol terma jamoasi (fransuzcha: Équipe du Canada de soccer masculin)[2][3][4] — erkaklar oʻrtasidagi xalqaro futbolda Kanada nomidan ishtirok etadi. Jamoa faoliyati 1912-yilda tashkil etilgan Kanadadagi futbol boʻyicha boshqaruv organi — Kanada futbol assotsiatsiyasi (fransuzcha: Association canadienne de soccer) tomonidan nazorat qilinadi. Assotsiatsiyasi 1912-yildan beri FIFAga, 1961-yildan esa KONKAKAFga asoschi aʼzo sifatida kirgan[5]. Mintaqaviy darajada jamoa Shimoliy Amerika zonasidagi NAFUning aʼzosi hisoblanadi.

Kanada FIFA Jahon chempionatiga uch marta (1986,[6] 2022 va 2026-yillarda) yoʻllanma olgan. 2026-yilda Kanada ilk bor Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Shuningdek, jamoa bir marta (2001-yilda) FIFA Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan[7][8].

Kanada KONKAKAFning asosiy qitʼa musobaqasida yigirma marta ishtirok etgan boʻlib, 1985-yilda KONKAKAF chempionligini va uning vorisi boʻlgan 2000-yilgi KONKAKAF oltin kubogini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2023-yilgi KONKAKAF Millatlar ligasi finalida ikkinchi oʻrinni egallagan. Jamoa bir marta Amerika Kubogida qatnashib, 2024-yilda toʻrtinchi oʻrinni olgan.

Mintaqaviy miqyosda esa 1990-yilda mezbon sifatida Shimoliy Amerika Millatlar Kubogida gʻolib chiqqan.

BMO Field Kanadadagi eng yirik tabiiy chimli stadion hisoblanadi va undan keyingi oʻrinda Monrealdagi Saputo stadioni turadi. Kanada terma jamoasi 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlarini Vankuverdagi BC Place stadionida oʻtkazgan. 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi davomida esa Kanada Torontodagi BMO Field, Edmontondagi Hamdoʻstlik stadioni va Hamiltondagi Tim Hortons Field maydonlaridan foydalangan. COVID-19 pandemiyasi sababli joriy etilgan sayohat cheklovlari tufayli Kanada 2022-yilgi Jahon chempionati saralashining birinchi va ikkinchi bosqichlaridagi uy uchrashuvlarini Qoʻshma Shtatlar stadionlarida oʻtkazishga majbur boʻldi[9].

Individual rekordlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2026-yil 24-iyun, Shveysariyaga qarshi o‘yindan keyin[10][11].
Qalin harflar bilan belgilangan oʻyinchilar hali ham terma jamoada faol.

Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Atiba Hutchinson 104 ta oʻyin oʻtkazib, Kanadaning eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchisi hisoblanadi.
Futbolchi Oʻyinlar Gollar Faoliyat davri
1 Atiba Hutchinson 104 9 2003–2023
2 Cyle Larin 93 32 2014–hozirgacha
3 Jonathan Osorio 91 10 2013–hozirgacha
4 Julián de Guzmán 89 4 2002–2016
5 Paul Stalteri 84 7 1997–2010
6 Randy Samuel 82 0 1983–1997
7 Dwayne De Rosario 81 22 1998–2015
8 Milan Borjan 80 0 2011–2023
Jonathan David 80 42 2018–hozirgacha
10 Mark Watson 78 3 1991–2004
Richie Laryea 78 1 2019–hozirgacha

Eng koʻp gol urganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jonathan David 42 ta gol bilan Kanadaning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi.
Futbolchi Gollar Oʻyinlar Oʻrtacha Faoliyat davri
1 Jonathan David (roʻyxat) 42 80 0.53 2018–hozirgacha
2 Cyle Larin (roʻyxat) 32 93 0.35 2014–hozirgacha
3 Dwayne De Rosario (roʻyxat) 22 81 0.27 1998–2015
4 Lucas Cavallini 19 40 0.48 2012–2023
John Catliff 19 43 0.44 1984–1994
Dale Mitchell 19 55 0.35 1980–1993
7 Tosaint Ricketts 17 61 0.28 2011–2020
Junior Hoilett 17 69 0.25 2015–hozirgacha
9 Alex Bunbury 16 66 0.25 1986–1997
10 Ali Gerba 15 30 0.5 2005–2011
Alphonso Davies 15 58 0.26 2017–hozirgacha
  1. „The FIFA/Coca-Cola Men's World Ranking“. FIFA (2026-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 19-yanvar.
  2. Wiebe, Andrew „(bleep)-show circus for USWNT, Pulisic's place & CanMNT dreams“. MLS Soccer (2019-yil 28-iyun). 2019-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-avgust.
  3. Murray, Nicholas. „Fury FC's Haworth Has Earned CanMNT Call“. USL Championship (2019-yil 6-avgust). 2019-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-avgust.
  4. Prusna, Sandra. „Carducci plays hero vs. Pacific after CanMNT nod“. CanPL.ca (2019-yil 28-avgust). 2019-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-avgust.
  5. „About Us“. Canada Soccer. 2017-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-fevral.
  6. „Canada Soccer from 1983 to 1986“. Canada Soccer. 2017-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-fevral.
  7. „Canada Soccer from 1999 to 2002“. Canada Soccer. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-fevral.
  8. Finch, Ty. „List of Gold Cup winners“. FanSided (2017-yil 3-iyul). 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-oktyabr.
  9. Davidson, Neil „Canadian men will play next 2 World Cup qualifying matches in U.S.“ (en-CA). CBC Sports (2021-yil 10-may). Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  10. „Search profiles“. canadasoccer.com (2019-yil 21-noyabr).
  11. Mamrud, Roberto „Canada - Record International Players“. RSSSF.