Kanada arktika arxipelagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kanada arktika arxipelagi -Shim. Muz okeanidagi yirik orollar guruhi, Shim. Amerikaning eng shim. sohili yaqinida, Kanadaga qarashli. Mayd. 1,3 mln. km2. Yirik o.lari: Baffin Yeri, Elsmir, Viktoriya. Materik sayozligida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislikdan iborat, sharqiy qis-midagi togʻlarning eng bal. joyi 2926 m (Elsmir o.da). Neft, tabiiy gaz, temir, mis rudasi konlari bor. Iqlimi keskin, arktika iklimi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —23° dan —35° gacha, iyul-niki 7—4°. Mutlaq minimum t-ra —50°. Yillik yogʻin jan.sharqida 400–450 mm, shim.da 100 mm. Koʻp yillik muz-loq yerlar, muzliklar bor. Muzliklar siljib, dengizga uzilib tushib turadi. Oʻsimlik dunyosi arktika sahrosi (shim.da) va mox-lishaynik tundrasidan (jan.da) iborat. Orollarda shimol bugʻusi, oq ayiq, qutb tulkisi yashaydi. Yozda qushlar koʻp boʻladi. Aholi, asosan, bugʻuchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Asosiy aholi punktlari: Frobisher-Bey, Keymbrij-Bey, Rezol yut.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil