Kamol Tohir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kamol Tohir (1910-1973. 4, Istanbul) — turk yozuvchisi. Siyosiy faoliyati uchun uzoq muddat qamoqsa yotgan. Ijodini sheʼrlar yozishdan boshlagan (1932—34). "Koʻl insonlari" (1955), "Qamaldagi shahar odamlari" (1956), "Yettichinor vodiysi" (1958), "Xorgʻin kurashchi" (1965), "Davlat ona" (1967), "Hur shahar insonlari" (1977) kabi romanlari bor. K. T. ning bu asarlarida usmonlilar tarixiga oid mavzular, Anadoʻli qishloqlari hayoti hamda milliy ozodlik kurashi aks ettirilgan. "Kurt (boʻri) qonuni" (1969) romanida Mustafo Kamol Otaturkka 1926-yil iyulida Izmirda uyushtirilmoqchi boʻlgan suiqasd va xalq dushmanlarining jazolanishi voqealari asos qilib olingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil