Kamol Mambetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mambetov Kamol (1940.14.05, Kegeyli tumani — 2001.10.9, Nukus) — Qoraqalpoq xalq yozuvchisi (1995). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), filol. fanlari d-ri (1985), prof. (1990). ToshDUning filologiya fakulteti jurnalistika boʻlimini tugatgan (1963). "Yerkin Karakalpakstan" gaz.da muharrir (1963—64), universitet qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi mudiri (1976—81), filol. fakulteti dekani (1984—86), universitet rektori (1986—88), kafedra mudiri (1988 yildan), Qoraqal-pogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Ken-gesi ijtimoiy rivojlanish, fan va madaniyat qoʻmitasi raisi (1995—96). M.ning "Turnalar" (1974) hikoyalar toʻplami, "Men uni sevaman" (1982) qissasi, "Vijdon" (1991), "Turkiston" (1994) romanlarida qoraqalpoq xalqi turmush tarzi, muammolari, quvonchu tashvishlari aks etgan. M.ning ilmiy faoliyati qoraqalpoq adabiyoti tarixi, shakllanish bosqichlari oʻzaro taʼsir va adabiy aloqalari masalalariga, shuningdek, adabiyot tarixi mu-ammolariga bagʻishlangan. Darslik va qoʻllanmalar yozgan ("Qadimgi qoraqalpoq adabiyoti", 1991; "Adabiyot nazariyasi", 1995; Lotin grafikasi asosida qoraqalpoq adabiyoti, 2000). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1991).

Adabiyotlar[tahrir]

XX asr qoraqalpoq adabiyotida sharq klassik anʼanalari, T., 1968; Navoiy va qoraqalpoq adabiyoti, T., 1991.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil