Kamfora daraxti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kamfora lavridan yoʻnaltirildi)

Kamfora daraxti, kamfora lavri (Cinnamomum camphora) —lavrdoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt. Boʻyi 20—25 m, diametri 2,5 m gacha. Bargi etli, xushboʻy. Guli koʻrimsiz, mayda, oqish. Jan. Xitoy va Yaponiya o.larida oʻsadi. Hamma qismida efir moyi bor. Yogʻochidan mebel yasaladi. Efir moyidan kamfora olinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil