Kontent qismiga oʻtish

Kamensk-uralskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kamensk-uralskiy — Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1935-yildan). Kamenka daryosi Iset daryosiga quyilish yerida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 198 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Alyuminiy, quvur, elektromexanika zavodlari bor. Rangli metallurgiya uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat korxonalari, Krasnogorsk issiqlik elektr markazi, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor. K.-U. XVII asr oxirida vujudga kelgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil