Kamenets-Podilskiy
Qiyofa
Kamenets-Podilskiy | |
|---|---|
|
| |
| 48°40′50″N 26°34′50″E / 48.68056°N 26.58056°E | |
| Mamlakat | Ukraina |
|
| |

Kamenets-podolskiy — Ukrainaning Xmelnitskiy viloyatidagi shahar. Temir yoʻl stansiyasi. Shosse yoʻllar tuguni. Aholisi 109,9 ming kishi (2024). 11-asr oxiri — 12-asr boshlarida vujudga kelgan. Tarixiy muzey-koʻriqxona. Priborsozlik, kabel, "Elektropribor", avtoagregat, qishloq xoʻjaligi mashinalari, sovuq asfalt-beton, sement, temir-beton buyumlar va konstruksiyalar, metall, shakarqand, konserva zavodlari, qurilish materiallari, parrandachilik, goʻsht kombinatlari, ip gazlama va tikuvchilik fabrikalari mavjud. 2 oliy oʻquv yurti, botanika bogʻi bor. Gotika kostyoli (16-asr), Petr va Pavel cherkovlari (16-asr) saqlangan. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |