Kambodja tekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kambodja tekisligi - Hindixitoy yarim orolning jan.da, asosan, Kambodja davlati hududida. Mayd. 200 ming km2. Oʻrtacha bal. 100 m. Allyuviy va koʻl yotqiziqlaridan iborat. Iqlimi tropik mussonli iqlim; yiliga 700 dan 1500 mm gacha yogʻin yogʻadi. K.t.dan Mekong da-ryosi oqib oʻtadi. Markaziy qismida Tonlesap koʻli bor. Hududining katta qismi botqoqlashgan. Savanna va siyrak oʻrmonlar bilan qoplangan. Aholi sholi ekadi. Yirik shahri — Pnompen.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil